Sarv: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
File
k Tuzatama(lar) (via JWB)
Qator 1:
[[FileFayl:Van Gogh - Country road in Provence by night.jpg|thumb|[[Vincent van Gogh]], 1890]]
 
'''Sarv''' ({{lang|la|''Cupressus''}}) — [[sarvdoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub [[ignabargli oʻsimliklar|igna bargli oʻsimliklar]] [[turkum]]i, [[bir uyli oʻsimliklar|bir uyli]], [[doim yashil oʻsimliklar|doim yashil]] manzarali [[daraxt]] va [[buta]]lar. [[Yevrosiyo]], [[Shimoliy Amerika]], Shim. Afrika, Jan.Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 [[tur (biologiya)|tur]]i tarqalgan. [[Qrim]], [[Kavkaz]] va [[Oʻrta Osiyo]]da 11 turi masharali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50— 60 sm, 200—300 yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000 yilgacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. [[toʻpgul]]i 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang . [[Poʻstloq|Poʻstlogʻi]] qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil S. turining piramidasimon ({{lang|la|''S. sempervirens''}}) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi. S. turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan.