Tasviriy sanʼat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k Tuzatama(lar) (via JWB)
Qator 1:
[[FileFayl:Mona Lisa, by Leonardo da Vinci, from C2RMF retouched.jpg|thumb|''[[Mona Liza]]'' kartinasi]]
'''Tasviriy sanʼat''' - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borlikni obʼyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang , fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy kiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham Tasviriy sanʼatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muxim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzuumidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon boʻladi.
 
Qator 31:
 
== Manbalar ==
{{Reflistmanbalar}}
 
{{OʻzME}}