Doston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k Reverted 1 edit by 213.230.102.133 (munozara) to last revision by Umarxon III
Teglar: Twinkle Bekor qilindi
Qator 1:
Buni Ismoilmirzo Inoyatov yozib bõldi. 8-b lar boshqasini yozinglar
 
 
'''Doston''', poema — [[lirika|liro]]-[[epos|epik]] janr; shu janrdagi [[sanʼat|badiiy]] asar. [[Oʻzbeklar|Oʻzbek]] [[xalq]], ogʻzaki [[ijod]]i va oʻzbek [[mumtoz adabiyot]]ida keng tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda [[hayot]], [[voqelik]] keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. [[Syujet]]i sertarmoq, rang-barang . [[Xalq ijodi|Xalq ogʻzaki ijodi]]dagi D.lar [[sheʼriyat|nazm]] va nasrav., yozma adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi, bunda [[nasr]] voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon D.larida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi D.lar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda [[afsona]]viy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. [[Gomer]]ning "[[Iliada]]" va "[[Odisseya]]", [[Dante Aligyeri|Dante]]ning "Ilohiy komediya", [[Firdavsiy]]ning "[[Shohnoma]]" asarlari D. janrining kad. namunalaridir. D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("[[Alpomish]]", "[[Farhod va Shirin]]"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("[[Tohir va Zuhra]]", "[[Layli va Majnun (doston)|Layli va Majnun]]"), [[jangnoma]] ("[[Yusuf va Ahmad]]", "[[Saddi Iskandariy]]"), [[tarix]]iy-[[memuar]] ("[[Shayboniynoma]]", "[[Jizzax qoʻzgʻoloni]]"), [[falsafa|falsafiy]] ("[[Hayrat ul-abror]]"), [[fantastika|fantastik]]-[[allegoriya|allegorik]] ("[[Lison ut-tayr|Lison uttayr]]"), [[didaktika|didaktik]] ("[[Qutadgʻu bilig]]") turga boʻlinadi. Qahramonlik D.larida xalq, [[jamiyat]] takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda [[oshiq]]-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-[[biografiya|biografik]] D.larda biror tarixiy [[shaxs]]lar [[ramz]]iylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, D.larda [[ideallashtirish]], [[mubolagʻa]]li tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, [[hikoyat]]lar, [[dev]], [[pari]]lar, [[xizr]], [[ajdar]], ajabtovur [[ot (hayvon)|ot]]lar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq D.lari [[baxshi]], [[dostonchilik|dostonchi]] va xalq [[shoir]]lari tomonidan [[dutor]], [[doʻmbira]] va xalq [[cholgʻu asbobi|cholgʻu asboblari]] joʻrligida ijro etiladi. [[Folklor]]dagi D.lar bilan yozma adabiyotdagi D.lar shaklshamoyili jihatidan bir xil [[koʻrinish]]da boʻlsada, yozma adabiyotdagi D.lar [[yozuvchi]]ning [[dunyo]]ni oʻziga xos [[tarz]]da [[idrok]] etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, [[Alisher Navoiy|Navoiy]]ning aksar D.lari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor [[mavzu]]i turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz [[estetika|estetik]] qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.