Isaac Newton: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Tuzatmalar amalga oshirildi (via JWB)
tabiatsunalik tabiatshunoslik
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 25:
N. barcha sayyora va kometalarning quyoshga, yoʻldoshlarning esa sayyoralarga ular orasidagi masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini asoslab bergan. U butun olam tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini isbotlagan. N. bu asarida Oy harakatining oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, shuningdek, Yer shakli va uning harakatiga oid xususiyatlarni aniklagan. U gidrostatika va gid-rodinamikaning baʼzi masalalarini qayta ishlab chiqqan; muhit (gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bogʻliq holda tekshirgan.
 
N. ilgari surgan tabiatshunaslik
N. ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chikishni talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqqan, differensial va integral hisobning oʻzaro teskari harakterga ega ekanligini kashf qilgan, cheksiz qatorlar sohasida yangilik yaratgan. N. va undan mustaqil ravishda G.Leybnits tomonidan yaratilgan differensial hisob va integral hisob mat. taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. N. Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy koʻrsatkichga umumlashtirgan, hisoblash mat.si sohasida tenglamalarni taqribiy yechish usuli va interpolyasiya formulasini topgan. Uning algebra va geom.ga oid boshqa ishlari ham muhim. N. fizika va kimyoning koʻp sohalariga katta taʼsir koʻrsatdi. Baʼzi optik va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda N. mexanik modellardan foydalandi.
 
Ad:Vavilov S. I., Isaak Nyuton, M., 1961.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>