Gilamchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Qator 9:
Oʻrta asrlarda G. uch yoʻnalishda — koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvador qabilalarda, oʻtroq (qishloq yoki shahar) aholi orasida, saroy ustaxonalarida rivojlangan. Tadqiqotchilar Eron, Zakavkazye, Oʻrta Osiyo gilamlarini alohida koʻrsatib oʻtganlar.
 
16-asrdan saroy (eron) gilamlari yaxshi saqlangan. Bu gilamlar ("Turunj", "Shoh Abbos", "Bogʻ", "Ov" va b.boshqalar) amaliy sanʼatning nodir namunalaridir. Ular miniatyura ustalari — musavvirlarning chizgilari asosida toʻqilgan. G. Turkiya, Boburiylar davrida Hindistonda ("Moʻgʻul", "Agra" va b. gilamlar), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi.
 
18—19-asrlarda G. Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda saroylarda emas, balki xalq orasida keng tarqaldi. Asosiy markazlari Kazax, Ganja, Shirvon, Boku, Naxichevan boʻlgan Zakavkazye gilamlari rang-barang mujassamoti, ijro usuli va badiiy jihati b-n, Turkmaniston gilamlari ("Salor", "Sariq", "Taka yovmut", "Bashir" va b.boshqalar) qizil rangining teranligi, handasiy gullari va oʻta pishiqligi bilan ajralib turadi.
 
Gʻarbiy Yevropa G.da 16-asrdan flamand, fransuz, nemis shpalerlari alohida oʻrin tutgan. 17—18-asrlardan patli gilamlar (1624 y.da-yilda Parijda asos solingan Savoneri manufakturasida) ishlab chiqarila boshlangan, keyinroq Angliya va Ispaniyada ham patli gilamlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 19-asrdan gilamlar f-kalarda ishlab chiqarila boshlagach, uning sifati keskin pasayib ketdi. 20-asr oʻrtalaridan badiiy hunarmandlikda G.ni qayta tiklashga urinishlar samarali boʻldi. Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya patli gilamlari bilan bir katorda patsiz gilamlar ham tayyorlana boshladi.
 
G. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistan hududida juda qadimdan rivojlangan (Xorazmdagi arxeologik qazishlar paytida mil. av. 1-ming yillikka mansub gilam namunasi topilgan). G. bilan asosan ayollar shugʻullangan, naqsh (gul)lar (islimiy, girih, hayvon shakllari, turli narsalar tasviri, urugʻ tamgʻasi va b.boshqalar)ni esa xotirada saqlashgan. Bezaklarida yoʻlbars va tuya izlari, olma guli, uzum zangi, tuya boʻyni, qalqon, oʻsimliklar ifodalangan, ayniqsa xayvon shoxi tasviri keng tarqalgan. Mujassamotining berkligi, markaziy maydonning naqshli hoshiya bilan oʻralganligi (yoʻl-yoʻl naqshlar bundan mustasno) Oʻrta Osiyo gilamlari uchun xos boʻlgan, naqshining aniqligi, goʻzal boʻlishi va ranglarining uygʻunligi ularning badiiy qimmatini oshirgan. Asosiy rang kizil rang va uning 2-3 tuyey boʻlib, koʻk, qora, oq, sariq ranglar ikkinchi darajali boʻlgan. Ranglarning mohirona ishlatilishi bilan ifodali tasvir hosil qilingan. Bir naqsh qismlarini turli koʻrinishlarda boʻyalishi bilan rang-baranglikka va jozibadorlikka erishilgan.
 
Andijon, Samarqand gilamlari, qoraqalpoqlar toʻqigan oʻtov jihozlari badiiy jihatdan mohirona ishlangan. Andijon gilamlarining pati qisqa, qalin va mayin boʻlgan. Samarqandning rangdor uzun patli julxirs ("ayiq teri") gilami oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.
Qator 29:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}