Shariat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ben Bilal (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Qator 5:
Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Sh. meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon, sunnat, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Sh. huquqiy tizim sifatida 11 —12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.
 
Islomda sunniylik va shialikdagi Sh. tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Sharhida davlat(xalifalik) xuquqiy meʼyorlari va majburiyati, meros, jinoyat, jazo, oila, nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Sh. xususiy mulkni Alloh tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi.
 
[[Tasvir:Taliban beating woman in public RAWA.jpg|left|thumb|Tolibon diniy politsiyasi 2001 yil 26 avgustda Kobulda ayolni kaltaklamoqda, deb xabar beradi RAWA o'zining yuzi ochgani uchun]]
 
Sharhida barcha xatti-harakatlar, dastlab 2 tur: harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Sh. shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (Alloh yagonaligiga ishonish, namoz oʻqish, zakot berish, ro'za tutish, Haj ziyoratini ado etish kabilar); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (misol u-n: uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (misol u-n: bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (misol u-n: soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (misol u-n: choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, aroq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Sh. jinoyat uchun qatʼiy, lekin odilona choralarni belgilab bergan.