Massagetlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Qator 1:
'''Massagetlar''' ([[yunon tili|yun.]] Massagetai) — [[Kaspiy dengizi]]ning [[sharq]]iy [[sohil]]i, [[Orol dengizi]] atroflari, [[Amudaryo]] va [[Sirdaryo (daryo)|Sirdaryo]]ning quyi oqimida miloddan avvalgi 8— 4-asrlarda yashagan [[koʻchmanchilik|koʻchmanchi]] va boshqa [[qabila]]lar guruhining yunon adabiyetlarida uchraydigan umumlashma nomi.
 
M. toʻgʻrisida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim [[olim]]lar fikricha, "M." nomi "masyo" — "[[baliq]]" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "baliqxoʻrlar" maʼnosini anglatgan. Boshqa bir fikrga koʻra, "M." atamasi "maye", "saka" va "ta" soʻzlaridan tarkib topib, "[[saklar]]ning katta uyushmasi"ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga koʻra, "M." soʻzi "mazagetlar" — "ulugʻ [[getlar]]" degani boʻlib, M.ning oʻzi esa qad. xitoy manbalaridagi "da(katta) [[yuyechji]]lar" bilan aynan bir xalqdir. Bu fikrga S. P. Tolstoye ham qoʻshilgan, u Sirdaryoning quyi oqimi boʻyidagi arxeologik [[yodgorlik]]larni M.ga mansub deb hisoblagan. S. P. Tolstovning fikricha, M. konfederatsiyasi tarkibiga [[xorasmiylar]], apasiaklar, sakaravaklar, sak-amyurgiylar, [[derbiklar]], toharlar ([[dahlar]]), osiylar (yatiylar, asianlar, [[usunlar]], yaksartlar), otasiylar (augasiylar, augallar) kirgan. [[Gerodot]]ning yozishiga koʻra, M. — koʻchmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar, [[ot]]larining [[koʻkrak]]lariga sovut kiydirganlar. Koʻproq [[kamon]], [[nayza]] va sagariy ([[oybolta|oy-bolta]]) kabi [[jang]] qurollari ishlatganlar. M.ning barcha [[jihoz]] va qurol-aslahalari [[mis]] va [[oltin]]dan yasalgan. Roʻzgʻor buyumlarini esa boʻyoq bilan boʻyaganlar. M. malikasi [[Toʻmaris]] bilan boʻlgan jangda [[Axomaniylar davlati]]nij asoschisi [[Kir II Buyuk|Kir]] halok boʻlgan. [[Strabon]]itg maʼlumotiga koʻra, M. [[Quyosh]]ga topinganlar va unga atab otlarni [[qurbonlik]] qilganlar. Strabon koʻchmanchilar bilan bir qatorda Orol boʻyidagi [[botqoqlik|botq-oklik]]lar va [[orol]]chalarda yashab, terimchilik va [[baliq ovlash]] bilan mashgʻul boʻlgan qavmlarni, shuningdek, xorazmiylar va otasiylarni M.ga mansub deb bilgan.
Qator 11:
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{stub}}
[[Turkum:Osiyo tarixi]]
[[Turkum:Markaziy Osiyo xalqlari]]
 
 
{{stub}}