Turk xoqonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 27:
== Tarixi ==
[[Image:Asia 700ad.jpg|thumb|300px|Sharqiy Turk xoqonligi 700-yil]]
[[Image:Kul Tigin.jpg|thumb|200px|Turkiylar buyuk sarkardsi [[Kultegin]].]]
6-asr o`rtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qo`shni qabilalar bilan o`zaro birlashib "mo`g`il davrigagacha bo`lgan eng qudratli davlat" - Buyuk Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, [[Bumin xoqon|Bumin]] va [[Istemi yabgʻu|Istemi]] ulkan davlatni boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi o`ziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning g`arbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini o`zaro birlashtirgan. Davlatning G`arb tomon kengayishi uning [[eftaliylar]] davlati yerlari bilan to`qnashuviga sabab bo`lgan. 563-567 yillarda [[turkiylar]] [[eftaliylar davlati]]ni tor-mor qilishgan va [[Amudaryo]] bo`yida [[Eron]] [[sosoniylar]]i bilan to`qnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular o`zaro do`stona munosabatda bo`lganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan so`ng esa, ular bilan Eron o`rtasida o`zaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yo`llariga egalik qilishga bo`lgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari bo`yicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va so`nggi elchilik a'zolari esa zaharlanganlar. Shundan so`ng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi. Vizantiya bilan Eron o`rtasidagi o`zaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan e'tiborini chalg`itgan holda, turkiylarning yarimko`chmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik o`lpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori [[Qora Churin]] [[Vizantiya]] va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq mag`lubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi [[Bahrom Chubin]] tomonidan o`ldiriladi. Bu mag`lubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va g`arbiy o`lkalarga ajralib ketishiga sabab bo`ladi. 7-asrning birinchi yarmida g`arbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. [[Xitoy]] va [[Eron] bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjo`y-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yo`nalishi bo`ylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha cho`zilgan. Butun yo`l davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sug`d mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari bo`lgan xitoylar ularni qaqshatqich mag`lubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida g`arbdan yangi qudratli dushman - Markaziy Osiyoni o`z tasarrufiga bo`sindirgan arablar bosib kela boshladi. G`arb turkiy xoqonligi Yettisuv o`lkasi turgeshlar tasarrufiga o`tgandan so`ng 747 yili batamom parchalanib ketgan.
Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi o'z davridagi to'rt qudratli davlatlat (Xitoy,Eron,Viznatiya,Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning (yunon,fors,xitoy,hind,turkiy) biri bo'lgan. Turk xoqonliging Eron va Xitoy bilan bo'lib o'tgan to'qnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati ancha yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan.