Xuroson (tarixiy viloyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎Yirik shaharlari: Bot v1: Tuzatma
Qator 13:
Xurosonning eng yirik shahri — [[Mashhad]]dir. Uning aholisi 2 million 700 ming kishidan ziyod boʻlib, Eron shaharlari orasida ikkinchi ([[Tehron]]dan keyin) oʻrindadir.
 
Parfiya podsholiginint markazi (mil. av. 250 — mil. 224). X. nomi sosoniylar davridan maʼlum. X. 3-asrdan 18-asr oʻrtalarigacha hozirgi Eronning shim.sharqiy qismi, Marv vohasi, hozirgi Turkmanistonning jan. qismi va Afgʻonistonning shim. va shim.gʻarbini oʻz ichiga olgan. Mashhad, Nishopur, Marv, Balx, Hirot, Tuye, Saraxs, Obivard, Niso, Sabzavor X.ning muhim shaharlari boʻlgan. 7-asr oʻrtalarida uni arablar egallagan. Arab xalifaligi tanazzulga uchragach, X. Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Hulokuiylar, Kurtlar davlati tarkibiga kirgan (9 — 14-asrlar). 8-asrdan 13-asrning 20-yillarigacha X. Yaqin va Oʻrta Sharqda iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan oʻlkalardan biri boʻlgan. U qoʻshni davlatlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mevalar, ipak, jun, moʻyna chiqargan. Shuningdek, X.da kumush, qoʻrgʻoshin, mis va temir rudalari, oltin, oltingugurt, toʻtiyo, margimush, marmar, malaxit va boshqa qazib chiqarilgan, toʻqimachilik avj olgan. 1220 va 1223 yillarda X.ga moʻgʻullar hujum qilib, vayron etgan; aholisining koʻpchiligi qirib tashlangan. Shundan keyin X. avvalgi mavqeiga chiqa olmagan. 14-asr oxirida Amir Temur X.ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan, keyinchalik Shayboniylar, 1510 —1736 yillar Safaviylar davlatlariga tobe boʻlgan. Keyinchalik X.ning bir qismi (Hirot viloyati va Balx) Afgonistonga, bir qismi Eronga qoʻshilgan.
 
{{OʻzME}}