Tennis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 7:
T.ga oʻxshash oʻyinlar dastlab Misrning Tinis (Tanis) shahrida paydo boʻlgan degan taxmin ham mavjud. Bu oʻyin 13— 14-asrlarda Italiya, Fransiya, Angliyada ommalashdi. Fransiyada rohiblar 5 tadan boʻlib kaftlarida T.ga oʻxshash oʻyin oʻynashgan. 16-asrdan boshlab oʻyinda dastlabki raketkalar qoʻllanildi. Zamonaviy T. qoidalarini angliyalik Volter Uingfild ishlab chiqqan (1874). Shu qoidalar asosida "Uimbldon" turniri (Angliya) 1877 yildan, AQSH ochiq chempionata 1881 yildan, "Rollan Garros" turniri (Fransiya) 1891 yildan, Avstraliya ochiq chempionata 1905 yildan oʻtkazilib kelinadi (hozirgi kunda bu musobaqalar "Ulkan toj" musobakdlari deyiladi).
 
T. 1896 y.-yil Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Amerikalik Duayt Filli Devis tashabbusi bilan 1900 yildan jamoalar oʻrtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanmish Devis kubogi oʻtkaziladi. 1912 y.-yil xalqaro launtennis federatsiyasi (ILTF)ra asos solindi (1977 yilda Xalqaro tennis federatsiyasi — ITF deb oʻzgartirildi). 1965 yilda Xalkaro professional tennischilar assotsiatsiyasi (1ART) tuzildi, U 1972 yilda Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR)ga aylantirildi. ATR har yili 4 toifaga boʻlingan 77 ta musobaqa oʻtkazadi. 1963 yilda Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) tashkil qilindi. Hozirgi kunda WTA 54 ta musobaqa tashkilotchisidir (2004). T. AQSH, Avstraliya, Argentina, Buyuk Britaniya, Germaniya, JAR, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan. Byorn Borg (Shvetsiya), Jon Makinroy (AQSH), Ivan Lendl (Chexiya), Boris Bekker (Germaniya), Pit Samprass (AQSH), Martina Navratilova (AQSH), Shteffi Graf (Germaniya), Martina Xingis (Shveysariya) kabi T. ustalarining nomi mashhur.
 
Oʻzbekistonda T.ga oʻxshash oʻyinlar qadimdan oʻynalgan. Xususan, "bir tayoq" xalq oʻyinida T. ga xos jihatlar mavjud. Zamonaviy T. Oʻzbekistonga 20-asrning boshlarida kirib keldi. Mamlakat mikesidagi musobaqalarda V. Pushkarev, Sh. Chebatarev, S. Obidov, R. Yalalova kabi tennischilar muvaffaqiyatli qatnashib, sport ustasi talabini bajarishdi. Respublikamizda T. 20-asrning soʻngga oʻn yilligidan boshlab keskin rivojlandi. Mustaqillikka erishgan Oʻzbekistonning deyarli hamma shaharlarida zamonaviy T. kortlari bunyod etildi. Toshkent, Fargʻona, Samarkand, Namangan, Andijon sh. laridagi bu sport inshootlarida tennischilar va T. muxlislari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 1992 yilda Oʻzbekiston federatsiyasi tuzildi va oʻsha yili 1TGʻ aʼzoligiga qabul qilindi. 1994 yildan Oʻzbekiston Devis kubogi musobaqalariga kushildi, tennischilarimiz Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionatlari, olimpiada va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladilar. Toshkentda professional tennischilar oʻrtasida "Prezident kubogi" xalqaro musobaqasining oʻtkazilishi (1994 yildan) Oʻzbekistonda bu sport turining yuksalish davrini boshlab berdi. Keyinroq bu musobaqa ATR tur doirasiga kiritildi va jahonning eng kuchli tennischilari Oʻzbekiston poytaxtiga tashrif buyurishdi. 1996 yilda Toshkentda ayollar oʻrtasida Chellenjer musobaqalariga asos solindi va u WTA turkumidagi musobaqalar orasidan joy oldi. Viloyat markazlarida ham Fyuchers, Chellenjer musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 1997 yildan rahbar havaskor tennischilar oʻrtasida "Havas" musobaqalarining boshlanishi T.ning yanada ommalashuvida muxim rol oʻynadi. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidatennisni rivojlantirishni qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida" (1997 y.-yil 25 avg .) va "Oʻzbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi (1998 y.-yil 11 sent.) karorlari T.ning taraqqiyotiga qulay shartsharoit yaratdi. 1998 y.-yil 20 martdan "TennisQ" gazetasi chiqarila boshlandi. 2001 yildan Devis kubogi tartibi boʻyicha viloyat jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazilyapti. Mamlakatning barcha viloyatlarida respublika T. federatsiyasining boʻlimlari bor. 47 ta T. klubi, T.ga ixtisoslashgan 76 ta bolalaroʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatyapti. Oʻzbekistonda 15 mingdan ziyod kishi T. bilan shugʻullanadi, ularga 241 murabbiy saboq beradi (2004). I. Toʻlaganova, V. Kutsenko, O. Ogorodov, I. Isroilova, O. Omonmurodova Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionati, universiada, xalqaro musobaqalarda gʻolibsovrindor boʻlishdi. Bu tennischilarning gʻalabasida V. Pushkarev, A. Yolxin, F. Sultonbekov, H. Shafikrv kabi murabbiylarning hissasi bor.
 
== Adabiyot ==