271 940
ta tahrir
IluvatarBot (munozara | hissa) (→top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi) |
MalikxanBot (munozara | hissa) k (→top: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)) |
||
Yevropa adabiyotida maʼrifatchilik davrida realistik romanning shakllanishi E.ning yangi tipini vujudga keltiradi. Olamni realistik tarzda ifoda etgan E.lar yuzaga keldi (G.Fildingning "Topib olingan Tom Jons tarixi", Balzakning "Inson komediyasi", L. Tolstoyning "Urush va tinchlik", F.Dostoyevskiyning "Akauka Karamazovlar" singari romanE.lari). Mazkur romanE.larning asosiy xususiyati ularda xalklar taqsirining , muayyan tarixiy jarayonning , umumxalq, umumjahon ahamiyatiga molik muammolarning keng va atroflicha aks ettirilganligida koʻrinadi. 20-asr adabiyotida romanE.ning yaxshi namunalari yaratildi. Oʻzining janr mohiyatiga koʻra, E. xarakteridagi qator monumental asarlar yuzaga keldi (M.Sholoxovning "Tinch Don", A.Tolstoyning "Sarsonliksargardonlikda", U.Folknerning "Qoʻrgʻoncha" va boshqalar). Bu E.larda jamiyat tarixiy taraqqiyotining muayyan jarayonlari hamda oʻsha muhitga xos qahramonlar xarakterining shakllanish yoʻllari butun murakkabligi bilan teran aks ettirilgan.
Qozoqboy Yoʻldoshev, Islom Yoqubov.
{{
{{stub}}
|