Tilogʻoch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 12 × [[]], imlo; + Turkum:Oʻsimliklar; - {{no iwiki}}
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 1:
'''Tilogʻoch''' ({{lang|la|''Larix''}}) — [[qaragʻaydoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub [[ignabargli oʻsimliklar|ignabargli]] [[daraxt]]lar [[turkum]]i. 20 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i bor. [[Yevropa]], [[Osiyo]] va [[Shimoliy Amerika]]da usadi. [[Bir uyli oʻsimliklar|Bir uyli]], ayrim jinsli oʻsimlik. Boʻyi 20—2520–25 m (50 m gacha, diam. 1 m gacha yetadi), [[barg]]lari qishda toʻkiladi. Ignalari yumshoq, silliq, uzun novdalarda 20—40 tadan spiralsimon joylashgan. Urugʻli [[qubba]]lari dumaloq yoki choʻziqroq (yoshligida qizgʻish yoki yashil), kalta novdalar uchida joylashgan. T. ignabarg chiqarishi bilan gullaydi, qubbasi va urugʻlari oʻsha yildayoq kuzda yoki bahorda ekiladi. Ochilgan qubbalari daraxtda 2—3 yilgacha turadi. Urugʻi mayda, qanotchali, shamol yordamida tarqaladi. T. sovuqqa gʻoyat chidamli, joy tanlamaydi, yorugʻsevar. Togʻ yon bagʻirlarini mustahkamlashda, dala ihota daraxtzorlari hosil qilishda va joylarni koʻkalamzorlashtirishda T.ning ahamiyati katta. Uning Gmelin yoki dauriya T. ({{lang|la|''L. gmelinii''}}) va Sibir T. ({{lang|la|''L. sibirica''}}) turlari koʻp tarqalgan. Yogʻochi pishiq, mustahkam, qattiq, suv osti inshootlari qurishda; mebel, qogʻoz tayyorlashda ishlatiladi.
 
{{stubOʻzME}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Oʻsimliklar]]
 
 
{{stub}}