OzodWiki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Qator 7:
Qisqa vaqt ichida OzodWiki rukni ostida berilgan materiallarning Oʻzbekcha Vikipediyaga ijobiy taʼsir qilayotgani kuzatildi.<ref name="OzodWiki10.04.2014">{{cite news|title=OzodWiki has Increased Visits to the Uzbek Wikipedia by 300 percent|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25328141.html|accessdate=20 April 2014|newspaper=RFE/RL|date=10 April 2014|language=Uzbek}}</ref> OzodWiki eshittirishi boshlanganidan keyin roʻy bergan oʻzgarishlarning barchasi faqat OzodWiki eshittirishi taʼsirida boʻlgani ehtimoldan xoli boʻlsada, oʻzgarishlarning aksari aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar boshlanganidan soʻng yuz berdi.
 
2014-yil yanvar oyida Oʻzbekcha Vikipediyaning [[bosh sahifa]]siga 20 368 marta tashrif qilingan boʻlsa, shu yilning mart oyiga kelib bu koʻrsatkich 56 274 ga yetdi.<ref name="OzodWiki10.04.2014"/> 2013-yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 ni tashkil qilgan edi. 2014-yil aprel oyida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni boʻlsa 136 592 ni tashkil qildi.<ref>{{cite web manbasi|title=Wikipedia article traffic statistics|url=http://stats.grok.se/uz/201404/Bosh_Sahifa|work=Wikipedia article traffic statistics|accessdate=22 May 2014}}</ref> 2013-yil aprelida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 12 134 ni tashkil qilgan edi.
 
Yanvar oyiga qaraganda fevral oyida Oʻzbekcha Vikipediyada faollik sezilarli darajada oshdi. Yanvarda taxminan 1 400 marta tahrir tugmasi bosilgan boʻlsa, fevralda qomus 2 200 atrofida tahrir qilindi.<ref name="OzodWiki10.04.2014"/> Boshqacha qilib aytganda, fevralda avvalgi oyga qaraganda tahrirlar soni 59 foizga oshdi. Yanvar oyida dekabrga qaraganda tahrirlar soni 32 foizga ozaygani eʼtiborga olinsa, bu sezilarli oʻsishdir.
 
2014-yil yanvarda kuniga oʻrtacha bir dona maqola yaratilgan boʻlsa, fevralda bu koʻrsatkich uch baravarga oshdi.<ref>{{cite web manbasi|title=Articles - New articles per day|url=http://stats.wikimedia.org/EN/ChartsWikipediaUZ.htm#2|work=Wikipedia Statistics|accessdate=21 April 2014}}</ref> Yaʼni, OzodWiki eshittirishi berila boshlangan oyda Oʻzbekcha Vikipediyada kuniga oʻrta hisobda uchta maqola yaratildi. 2013-yilning oktabr, noyabr, dekabr oylarida kuniga oʻrtacha ikkita maqola yaratilgan edi.
 
Shunday boʻlsada, 2014-yilning fevral oyida yangi foydalanuvchilar sonida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmadi.<ref>{{cite web manbasi|title=Wikipedians - New wikipedians|url=http://stats.wikimedia.org/EN/ChartsWikipediaUZ.htm#1|work=Wikipedia Statistics|accessdate=21 April 2014}}</ref> Mazkur oyda ham yanvar oyidagidek kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni avvalgi oyga solishtirganda uch kishiga oʻsdi: Oʻzbekcha Vikipediyada dekabrda 184, yanvarda 187, fevralda boʻlsa 190 ta yangi foydalanuvchi paydo boʻldi. Shunday boʻlsada, mart va aprelda yangi foydalanuchilar soni bir oz oʻsdi. Kamida oʻn dona tahrir qilgan yangi foydalanuvchilar soni martda toʻrt, aprelda olti kishiga oʻsdi.
 
== Manbalar ==