Universitet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 185.139.136.87 tahrirlari PlanespotterA320 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 4:
'''Universitet''' (lot. universitas — yigʻindi, majmua) — tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yoʻnalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan kup tarmoqli oliy oʻquvilmiy muassasa. U. oʻz bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiyamaliy va pedagogik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik kurishlarini taʼminlaydi. Oʻquv va ilmiy tadqiqot ishlarining uzviy ravishda qoʻshib olib borilishi U. taʼlimining asosiy oʻziga xos jihatidir. U. musulmon Sharqidagi oliy [[Ma[[drasa]] yoki madrasai oliya (qarang [[Ma[[drasa]]) makrmiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.
 
Oʻrta asrlar Yevropasida dastlab turli sherikchilik birlashmalari, savdogarlar gildiyalari, sanoattijorat sexlari va boshqa shirkatlar U. deb yuritilgan. Yevropada U.ning yuzaga kelishi muayyan iqtisodiy taraqqiyotga erishilganligi, shaharlarning koʻpayishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, madaniyatning yuksalishi, shuningdek, ilmfanning taraqqiy etib, turli falsafiy oqimlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun ham ilk U.lar iqtisodiy jihatdan rivojlangan Italiya, Ispaniya, Fransiya singari Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil topdi. Dastlabki U.lar Italiyaning Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpelye (1289), Bukj Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2yarmi1096), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo boʻldi. 14-asrga kelib Markaziy Yevropada ham bir nechta U.lar ochildi. Universitet va ilmfan taraqqiyoti tufayli 1348 i. Praga, 1364 y. Krakov, 1365 i. Vena U.lari yuzaga keldi.
 
Oʻrta asrlardagi U.larda, odatda, artistlik (tayyorlov), ilohiyot, tibbiyot, huquq singari 4 ft boʻlgan. Artistlik fakulteti hamma uchun majburiy boʻlib, unda ritsarlar .uchun zarur "etti erkin sanʼat" oʻrgatilgan. Artistlik ftining grammatika, ritorika, dialektika asoslarini oʻrgangan talabasiga sanʼat bakalavri darajasi berilgan. Ftning falsafa, arifmetika, geom., astronomiya va musiqa nazariyasining toʻliq kursini uzlashtirgan talaba sanʼat magistri darajasiga erishgan va u kalgan 3 ftdan biriga kirib oʻqish xuquqini qoʻlga kiritgan. Dastlabki U.larda xuddi madrasalardagi kabi oʻqish muddati ham, talabalarning yosh chegarasi ham belgilab qoʻyilmagan. Amalda U.da oʻqish 12—14 y.lab davom etgan.