Sharq yulduzi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Ruxsora tupoytupoyni tel paroli 2729''' — adabiy-badiiy va ijtimoiy [[jurnal]]. Muassisi [[Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi]]. [[Toshkent]]da 1 yilda 4 marta nashr etiladi. Dastlab „Oʻzbekiston shoʻro adabiyoti“ (1932-yil iyun-iyulda), „Sovet adabiyoti“ (1935-yil, yanvar), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1935-yil, iyul) nomlarida chop etilgan. [[Ikkinchi jahon urushi]] yillarida vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan hozirgi nomda chop etila boshlagan. Sahifalarida [[Oʻzbekiston]] va chet el yozuvchilarining badiiy asarlari nashr etiladi. [[Adabiyot]] va [[sanʼat]]ning muhim sohalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy, [[publitsistik]] [[maqola]]lar ham eʼlon qilinadi.
 
Oʻzbek yozuvchilaridan [[Gʻafur Gʻulom]]ning „[[Shum bola]]“ [[qissa]]si, [[Oybek]]ning „[[Navoiy]]“ [[roman]]i, [[Abdulla Qahhor]], [[Shayxzoda]], [[Mirtemir]], [[Zulfiya]] va boshqalarning asarlari dastlab „Sharq yulduzi“da chop etilgan. Jurnalga turli yillarda Oybek, [[Vohid Yoʻldoshevich Zohidov]], [[Uygʻun]], [[Asqad Muxtor]], [[Gʻulom Habibullayev]], [[Mirmuhsin]], [[Oʻtkir Hoshimov]], [[Omon Muxtor]] muharrirlik qilgan; 2005-yildan muharriri [[Minhojiddin Mirzo]]. Adadi 1500 nusxa (2005).