Doston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Reverted 1 edit by 213.230.102.133 (munozara) to last revision by Umarxon III
Teglar: Twinkle Bekor qilindi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Doston''', poema — [[lirika|liro]]-[[epos|epik]] janr; shu janrdagi [[sanʼat|badiiy]] asar. [[Oʻzbeklar|Oʻzbek]] [[xalq]], ogʻzaki [[ijod]]i va oʻzbek [[mumtoz adabiyot]]ida keng tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda [[hayot]], [[voqelik]] keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. [[Syujet]]i sertarmoq, rang-barang . [[Xalq ijodi|Xalq ogʻzaki ijodi]]dagi D.lar [[sheʼriyat|nazm]] va nasrav., yozma adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi, bunda [[nasr]] voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon D.larida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi D.lar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda [[afsona]]viy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. [[Gomer]]ning "[[Iliada]]" va "[[Odisseya]]", [[Dante Aligyeri|Dante]]ning "Ilohiy komediya", [[Firdavsiy]]ning "[[Shohnoma]]" asarlari D. janrining kad. namunalaridir. D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("[[Alpomish]]", "[[Farhod va Shirin]]"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("[[Tohir va Zuhra]]", "[[Layli va Majnun (doston)|Layli va Majnun]]"), [[jangnoma]] ("[[Yusuf va Ahmad]]", "[[Saddi Iskandariy]]"), [[tarix]]iy-[[memuar]] ("[[Shayboniynoma]]", "[[Jizzax qoʻzgʻoloni]]"), [[falsafa|falsafiy]] ("[[Hayrat ul-abror]]"), [[fantastika|fantastik]]-[[allegoriya|allegorik]] ("[[Lison ut-tayr|Lison uttayr]]"), [[didaktika|didaktik]] ("[[Qutadgʻu bilig]]") turga boʻlinadi. Qahramonlik D.larida xalq, [[jamiyat]] takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda [[oshiq]]-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-[[biografiya|biografik]] D.larda biror tarixiy [[shaxs]]lar [[ramz]]iylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, D.larda [[ideallashtirish]], [[mubolagʻa]]li tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, [[hikoyat]]lar, [[dev]], [[pari]]lar, [[xizr]], [[ajdar]], ajabtovur [[ot (hayvon)|ot]]lar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq D.lari [[baxshi]], [[dostonchilik|dostonchi]] va xalq [[shoir]]lari tomonidan [[dutor]], [[doʻmbira]] va xalq [[cholgʻu asbobi|cholgʻu asboblari]] joʻrligida ijro etiladi. [[Folklor]]dagi D.lar bilan yozma adabiyotdagi D.lar shaklshamoyili jihatidan bir xil [[koʻrinish]]da boʻlsada, yozma adabiyotdagi D.lar [[yozuvchi]]ning [[dunyo]]ni oʻziga xos [[tarz]]da [[idrok]] etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, [[Alisher Navoiy|Navoiy]]ning aksar D.lari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor [[mavzu]]i turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz [[estetika|estetik]] qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.
 
Oʻzbek D.chiligi asrlar davomida oʻsib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. [[Urxun-Yenisey yozuvi|Oʻrxun-Yenisey yozuvi]]da, [[Avesto]]yaa, "[[Devonu lugʻotit-turk|Devonu lugʻotit turk]]" dagi qadimgi D. parchalarida, [[turkiy xalqlar]] [[mulk]]i boʻlmish "[[Kitobi dadam qoʻrqut|Kitobi dodam Qoʻrqut]]"da va ayniqsa "Alpomish", "[[Goʻroʻgʻli]]" turkum D.larida oʻzbek D.chiligining [[taraqqiyot]] yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy "[[Hamsa]]"si oʻzbek D.chiligi tarixida yuksak choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da, [[Gegel Georg Vilgelm Fridrix|Gegel]] [[ibora]]si bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-[[axloq]]iy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, fozil in-son va [[adolat]]li jamiyat targʻib etiladi, [[yaxshilik va yomonlik]] ildizlari qidiriladi. 20-asrga kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson [[olamiy ruh|ru-hiy olami]]ni, [[ruhiyat|ruhiy]] kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi ([[Mirtemir Tursunov|Mirtemir]]ning "Surat" dostoni). Hozirgi D.larga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. [[Erkin Vohidov|E. Vohidov]]nit "Ruxlar isyoni", [[Abdulla Oripov|A. Oripov]]ning "Jannatga yoʻl" D.larida ana shu yangiliklar yaqqol kurinadi. Hozirgi zamon oʻzbek D.larida [[drama]] janri [[belgi]]lari (konflikt, dialog), ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", [[Omon Matjon|O. Matjon]], "Paxlavon Mahmud" va boshqalar).
 
Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻymushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik D.lar ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek adabiyotida D.lar kamayishini [[roman]] janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, [[bola]]larga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham D. janridan foydalaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>