Brazilia (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 2:
'''Braziliya''' — [[Braziliya]] poytaxti (poytaxt rasman 1960 yil 21 aprel
 
da RiodeJaneyrodan shu shaharga koʻchirilgan). Mamlakatning markazida, Braziliya yassitogʻligida, qariyb 1200 m balandlikda, sunʼiy suv omborining sohiliga qurilgan. Aholisi 1,8 mln. kishi (1996). Shahar atrofi bilan birga Federal (poytaxt) okrug qilib alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan, poytaxt nomi vindipendiya aholisi 2,9 mln. kishi (1992). Qishda oʻrtacha temperatura 19°, yezda 22°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro miqyosdagi aeroport bor. B. ayrim poytaxt shaharlar (Kanberra, Bonn, Vashington, Islomobod) kabi faqat maʼmuriy poytaxt boʻlib, sanoat korxonalari deyarli yoʻq. Faqat oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarigina ishlab turibdi. B.da prezident qarorgohi va kanselyariyasi, Milliy kongress va Oliy sud, ministrliklar kabi hukumat muassasalari joylashgan. Shahar Braziliya Konstitutsiyasining poytaxtni mamlakatning geografik markaziga yaqin joyga koʻchirish toʻtrisidagi maxsus bandini ijr’o qilish maqsadida 1957 yildan qurila boshladi. Shahar qiyofasi samolyot shaklida loyihalashtirib qurilgan. B. bosh rejasi meʼmor L. Kosta tomonidan ishlangan. Uch hokimlik maydonida maʼmuriy va jamoat binolari joylashgan. B.da universitet bor.
 
== Adabiyotlar ==