Choʻqon Valixonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 1:
'''Valixonov Choʻqon Chingizovich''' (asl ismi Muhammad Xanafiya) (1835, Qushmurun mavzesi, hozirgi [[Qozogʻiston]]ning [[Qoʻstanay viloyati]] — 1865.? 10, Oltinamal mavzesi, hozirgi Qozogʻistonning [[Toldiqoʻrgʻon viloyati]]) — maʼrifatparvar-demokrat, tarixchi, etnograf va folklorshunos.
 
Ablayxonning nabirasi xonadonida tugʻilgan. 1853 y.-yil Omsk kadetlar korpusini tugatgach, Gʻarbiy Sibir gubernatorligida xizmat qilgan. Turkiston va [[Xitoy]]ga qilingan bir qator ekspeditsiyalarda qatnashgan. 1858 y.-yil musulmon savdogari qiyofasida Tyanshan toglari osha [[Qashqar]]ga borgan, u yerda [[Sharqiy Turkiston]] etn. si va Oltishahar tarixiga oid materiallar toʻplagan. 1860—61 y.larda-yillarda Peterburgda yashab rus demokratlari gʻoyasi bilan yaqindan tanishgan. V. birinchi qozoq rassomi edi Etn. mavzuidagi koʻplab suratlari uning ilmiy va kundalik daftarlarini bezagan. Dastgohli suratlar va akvarellar ("Katta Oʻrda qozoqlari", "Sari Bagʻish urugʻidan boʻlgan Sartay" va b.) yaratgan.
 
V.ning ilmiy dunyoqarashi keng qamrovli boʻlgan. U Turkiston va Gʻarbiy Xitoy xalqlarining tarixi va madaniyatiga oid qimmatli tadqiqotlar qoldirgan ("Jungʻoriya ocherklari", 1861; "Qirgʻizlar", 1858; "Ablay", 1861; "Sibir idorasidagi qirgʻizlarda sud islohoti haqida yozishmalar", 1904 va b.). V. Xalq ogʻzaki ijodi namunalari (doston, qoʻshiq, ertaklar)ni yozib olgan. Qirgʻizlarning qahramonlik eposi — "Manas"ning bir qismini birinchi boʻlib yozib olib rus tiliga tarjima qilgan. V.ning oqinlarning ijro etish sanʼatining oʻziga xos xususiyatlari, qoʻshiq turlari, qozoq sheʼriyatidagi vaznlar haqidagi mulohazalari katta qiziqish uygʻotadi. V. oʻz davridagi tuzumning zoʻravonligini, chorizmning mustamlakachilik siyosatini qoralagan, qozoqlarni oʻtroq hayot tarziga oʻtishini, dehqonchilikni targʻib qilgan. Ilmmaʼrifatga erishish va qisman islohotlar yoʻli bilan qozoq ovullaridagi turmush tarzini tubdan oʻzgartirish mumkin deb hisoblagan. V. gʻoyalari Oltinsarin, Abay Qunonboyev va b. qozoq maʼrifatparvarlari asarlarida oʻz rivojini topgan.
Qator 10:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{stub}}
[[Turkum:Olimlar]]
[[Turkum:Turkologlar]]
[[Turkum:Etnologlar]]
 
 
{{stub}}