Tarix: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 0 sources and tagging 1 as dead.) #IABot (v2.0.8
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 42:
1943-yilda SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida Tarix institutining tashkil etilishi tarix fani rivojida muayyan bosqich boʻldi, tadqiqotlarni maʼlum ilmiy yoʻnalishlar va reja asosida amalga oshirish yoʻlga koʻyildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazga aylandi. Bu institutning tashkil topishi, Oʻzbekiston arxeologiyasi va tarix fani rivojida 1oʻzbek mutaxassisarxeologi Ya. Gʻulomovning oʻrni alohidadir. Ya. Gʻulomov eng qad. davrlardan Oʻzbekistonda sugʻorma deqqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti tarixi, oʻrta asrlarda Oʻzbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalari tarixini tadqiq qildi (mas., „Xorazmning sugʻorish tarixi qadimgi zamonlardan hozirgacha“, tarix, 1957, 1959). Ya. Gʻulomov koʻpgina ilmiy nashrlarga masʼul muharrirlik xam qildi, u shogirdlar tayyorlab, oʻz ilmiy maktabini yaratdi.
 
Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki-yillardanoq Oʻzbekiston tarixini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y.-yil yakunlanib, 2 jildli „Oʻzbekiston xalklari tarixi“ kitobi nashr etildi.
 
20-asrning 50—80-yillarida Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sunʼiy sugʻorish tizimi tarixi haqida qoʻlyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. maʼlumotlar asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. Tarix fanining bu yoʻnalishini oʻrganishga A.A.Semyonov, [[Yahyo Gʻulomov|Ya. Gʻulomov]], [[Sabohat Azimjonova|S. Azimjonova]], [[Ahmadali Asqarov|A. Asqarov]], M. Abduraimov, R. G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.
Qator 58:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur markazda mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida 3 jildli „Oʻzbekiston tarixi“ (Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishidan qoz. davrgacha) tayyorlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining „Oʻzbekiston FA Tarix instituta faoliyatini takomillashtirish“ haqidagi 1998 y.-yil iyul qarori tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Tarix instituti respublikada tarix tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga koʻtarildi. Institutda oʻz atrofiga mamlakat tarixchilarini birlashtirib, ularning saʼyharakatlari bilan mustaqil davlat ehtiyojlariga moye yangi yoʻnalishlar zaruriyatidan kelib chiqqan Oʻzbekiston tarixiga oid tadqiqotlarni maʼlum bir tizimga soluvchi „Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi“ konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatda tarix fani sohasidagi i.tarix lar ushbu konsepsiya doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada I. Karimovning tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etgan „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ asari mugʻim rol oʻynadi. Unda prezidentimiz: „…tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini koʻrsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix — xalq maʼnaviyatining asosidir; … biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur“, deb taʼkidlab, tarixchi.par oldiga anik, vazifalarni qoʻydi.
 
Sovet davrida oʻrganish taqiqlangan, notoʻgʻri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida — milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan oʻrganildi. Yangi SH1miy yoʻnalishlar tadqiq qilindi.