Tojik tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Farorud (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Farorud (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
[[File:Tajiks of Uzbekistan.PNG|thumb|right|270px]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tojik tili''' — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 410 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.
 
Hozirgi zamon tilshunosligidagi muammolardan biri tojik tilining til yoki dialekt ekanligi boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda koʻpchilik tilshunoslar tojik va dariy tillarini umumiy fors tilining dialekti sifatida eʼtirof etishmoqda. Tojik tili bugungi nomini 1929-yil lotin yozuviga oʻtish bilan birga qabul qildi. Dariy tili esa, 1964-yilgi siyosiy oʻyinlardan keyin hozirgi nomiga ega boʻlgan. Shu voqealargacha bu ikki tilning ham nomi forsiy (yo porsiy) edi. Bu 3 til (tojik, dariy va fors tillari) shunchalik yaqinki, til sohiblari oʻzaro suhbatlashishsa, bir-birlarini hech qanday muammosiz yuz foiz tushunadilar.