Angren: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uralov (munozara | hissa)
→‎Angren: Xatoni tuzatdim, Grammatikani tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 53:
| Commons turkumi =
}}
'''Angren''' ([[fors tili|fors.]] Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) – [[Toshkent viloyati|Toshkent viloyatidagi]]dagi shahar (1941 – 46 yillarda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi bo‘yida. Toshkentdan 120&nbsp;km janubi-sharqda. [[Temir yoʻl]] stansiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining tog‘li qismida. Angrenni shimoli-g‘arbdan Chatqol tizmasi, janubiy-sharqdan Qurama tog‘ tizmalari o‘rab turadi. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 27°, qishi ancha sovuq, yanvarning o‘rtacha temperaturasi – 2°. Bahorda jala yog‘ib, qattiq shamollar bo‘lib turadi. Shamolning tezligi 3 – 6 m/sek, ba’zan 15 m/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida o‘rta asrlarda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1934 yildan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940 yil Angrenda dastlabki ko‘mir shaxtasi barpo qilinib, 1942 yil ishga tushirildi. Angren qurilishida ayrim xatolarga yo‘l qo‘yildi: chunonchi shaharning asosiy qismi kumir qatlamlari ustiga qurilib qolgan bo‘lib, keyinchalik shaharni boshqa joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. 1956 yil martida yangi loyiha tasdiqlanib, yangi shahar eskisi o‘rnidan 7 – 8&nbsp;km janubi-g‘arbda, Dukantsoy bilan Qorabovsoy va Toshkent – Qo‘qon yo‘li yoqasida ko‘mirdan xoli bo‘lgan joyda qad ko‘tardi. Angren O‘rta Osiyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir va energetika sanoati markazi. Urush yillarida O‘zbekistonning ko‘pgina sanoat korxonalari Angren ko‘miri bilan ta’minlanib turdi. Angrenda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. Angrenning eng yirik sanoat kor-xonasi "O‘zbekko‘mir" kombinatidir. Angrenda chiqariladigan ko‘mirning 2/3 qismidan ko‘prog‘i ochiq usulda qazib olinadi. Angrenda ko‘mirning bir qismi "Yerostigaz" stansiyasida yer qa’rida gazga aylantirilib Angren GRES va Yangi Angren GRESlarini gaz bilan ta’minlab turadi. Kon uskunalarini tuzatish, sement, temir-beton bu-yumlari va yig‘ma temir-beton, tajriba-mexanika, avtomobil ta’mirlash, "Angren rangli metallar", non, sut zavodlari, "Sanoatkartonsavdo" hissadorlik jamiyati, "Angrenkulol" hissadorlik jamiyati, "O‘zbekrezinatexnika" ishlab chiqarish birlashmasi, oltin boyitish fabrikasi, "Ka-olin" (kaolin boyitish fabrikasi) O‘zbek-Germaniya qo‘shma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, Obliq, noruda materiallar kareri, uysozlik kombinati ishlab turibdi. 1941 yil Toshkent bilan Angren o‘rtasida 114&nbsp;km li temir yoʻl o‘tkazildi. Toshkent – Angren – Qo‘qon – Namangan – Andijon – O‘sh avtomobil yo‘li o‘tadi. Angrenda texnika kolleji, texnika, ped., tibbiyot bilim yurtlari, yosh texniklar stansiyasi, 3 musiqa maktabi, sport makta-bi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasal-xona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klub-kinoteatr, o‘lkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi bor. 1996 yil 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi madaniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. "Angren haqiqati", "Angrenskaya pravda" gazetalari nashr qilinadi.<ref>"{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20A%20harfi.pdf A-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== [[Oʻzbekiston shaharlari hokimlari|Hokimlari]] ==
* [[Yunusov, Abdulla Timurovich]]
* [[Rahmonov, Ibrohimjon Absamatovich]]
* [[Abdulazizov, Hakimjon Mamasadikovich]] (2017 yil iyul - 3 oktyabroktabr - 2018 yil 17 oktyabroktabr)
* [[Mahmudov, Shukurulla Nasimxonovich]] [4] (2018 yil 17 oktyabrdanoktabrdan [5])
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}{{Oʻzbekiston shaharlari}}
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}