Tailand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎Musiqasi: Bot v1: Tuzatmalar
Qator 50:
T.da diniy marosim va bayramlar, toʻy, farzand tugʻilishi va boshqa qadimdan qoʻshiq va musiqa bilan nishonlanadi. Fong si deb atalgan tarixiy balladalar keng yoyilgan. Toʻy qoʻshiqlari xat lion janri tarkibiga kiradi. Musiqiy cholgʻu asboblari xilmaxil: 2 torli skripka (sau duong va sau o), 3 torli skripka (sau sam say), 3 torli ud (syoung), sitra (kxim), fleyta (kxliy), damli nay (pinay), barabanlar (txon, ramana, kxlong), gonglar, ksilofon (rapadek) va boshqa 19-asr oxirida yevropacha musiqa va cholgʻu asboblari kirib kela boshladi. 20-asrning 50 yillaridan milliy musiqiy madaniyatni yuksaltirish harakati boshlandi. Zamonaviy kompozitorlardan Montri Tramote, Naris, xonandalardan U. Sukantxamalai, T. Aylin, cholgʻuchilardan T. Konglaitong, N. Tayminlar mashhur.
 
Teatri va kinosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-asrda taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang, lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rejissyorrejissor S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rejissyorrejissor Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi.
 
== Manbalar ==