Satira: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Satira''' (lot.[[Lotin tili|lotincha]]: satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obʼyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali S. obʼyektiga "ishlov" beriladi. S. muallifi komiklikning boshqa turlaridan ([[yumor]], [[hikoya]] va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq S. uchun salbiy tuye berib, keskin ifodalangan estetik obʼyekt xarakterli hisoblanadi.
 
S. [[Qadimgi Rim]]da lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik oʻzining janriy xususiyatlarini yoʻqota borib, koʻpgina janrlar ([[masal]], [[epigramma]], [[burleska]], [[pamflet]], [[felyeton]], [[komediya]] va [[satirik roman]])ning oʻziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga oʻxshab qoladi. S. ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi boʻlib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol taʼsir koʻrsatadi. S.ning maʼnaviy taʼsir kuchining oʻtkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal boʻlishi bilan belgilanadi. S.ning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuygʻularni uygʻotish va qayta tiklashdan iborat. S. da muallifning individualligi kulgu ostiga olingan obʼyekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq gʻoyaviy munosabat bildirish orqali namoyon boʻladi.
 
Satirik anʼanalar [[Sharq]] xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va [[Sharq adabiyoti]] shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda "[[Ming bir kecha]]" zaminida, sanskritcha "[[Panchatantra]]", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek [[latifa]]lari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) S. lar ham Sharqda koʻpdan mashhur. Uning gʻoyalari [[xitoy]] [[novella]]lari, [[fors]] [[adabiyot]]i [[ruboiy]]lari va [[hind]] [[qissa]]lari motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida N.V.Gogol, M.Ye. Saltikov-Shedrin va boshqalar S. ni yuksak bosqichga koʻtardilar. Oʻzbek adabiyotida S. ning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, [[Nasriddin Afandi]], Aldar koʻsa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. [[Navoiy]], Turdi, Maxmur, [[Gulxaniy]], Hoziq, [[Muqimiy]], [[Zavqiy]]lar S. janrida ijod qildilar. S.ning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, [[Gʻafur Gʻulom]], [[Abdulla Qahhor]], [[Said Ahmad]], N.Aminov, S. Siyoyev va boshqa nomi bilan bogʻliq. S. tasviriy sanʼatda ham qadimdan maʼlum. [[Qadimgi Rim]], [[Xitoy]]da satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqa ishlangan. Rassomlik sanʼati (jumladan, [[grafika]])da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va boshqa rassomlar ijodi S. rivojida muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda S. taraqqiyotiga "[[Mushtum]]" jurnali, "Jangovar qalam", "OʻzTAG oynasi" katta hissa qoʻshgan.
 
== Yana qarang ==
Qator 12:
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->