Denov tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ayrim so'zlarga o'zgartirish kiritdim. Eski ma'lumotlarni yangiladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 65:
 
== Tabiati ==
Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130  mm dan 360  mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445  mm dan 625  mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.
 
Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.
Qator 74:
Denov tumani
 
1926 yil 29 sentyabrdasentabrda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 752,8 kv. km. Aholisi 181,6 ming kishi (Denov shahri aholisi bilan birga;1996). Tuman markazi-Denov shahri Termizdan 156 km shimoli - sharqda joylashgan. Termiz- Dushanbe temir yoʻlidagi bekat. Denovda Doʻstlik shaharchasi, 17 qishloq (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Pistamazor, Sina, Tortuvli, Xayrabod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Qiziljar, Hazarbogʻ ) bor.
Denov tumaning yer usti ulkan amfiteatrni eslatadi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdan - koʻp soylar va togʻ etaklaridagi baland " zinapoyalar" ajoyib manzara hosil qiladi. Tuman Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Shimoliy va sharqiy chegaralari boʻylab Surxondaryo va Toʻpolondaryo oqib oʻtadi. Gʻarbida Sina-Sangardak (3722m) togʻlari joylashgan. Tumandan Sangardak- Qizilsuv daryosi oʻtadi.
Tumanda bir qancha koʻhna shahar xarobalari topilgan. Bulardan eng yiriklari: Badrach, Xolchayon, Yurchi, Kuloltepa, Oqqoʻrgʻon, Changilbuva, Jartepa, Teshiktepa, Quloqtepa, Qizqoʻrgʻon, Qilichbuloq, Uchtepa, Chimqoʻrgʻon, Kallaminor va boshqalar.