Bogotá: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 42:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bogota''', Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlik — poytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln.dan ortiq (1997, shahar atrofi bilan). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro Eldorado aeroporti bor. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi 15°, eng sovuq oyniki — 14°. B.ga 1538 -yilda ispanlar asos solgan. 1598 -yildan ispan generalkapitan ligining, 1739 -yildan Yangi Granada vitse-qirolligining poytaxti. 1819 -yilda B. ispanlardan ozod qilindi va Yangi Kolumbiyaning poytaxtiga aylantirildi. 1831 -yildan Yangi Granadaning, 1863 -yildan Kolumbiya Respublikasining poytaxti.
 
B. mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va boshqa sanoat korxonalari bor. B. yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823 -yilda qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va boshqa Bogota oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy universiteti va boshqa untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etn. muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Qator 57:
 
{{OʻzME}}
 
{{geo-stub}}
{{Janubiy Amerika poytaxtlari}}
 
[[Turkum:Kolumbiya shaharlari]]
 
 
{{geo-stub}}