Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 4:
 
== Davlat tuzumi ==
Shvetsiya – konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 -yil 1 -yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973 -yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 13:
 
== Tarixi ==
Mil. av. 8–9ming yillikdan boshlab Shvetsiya hududida odam yashab keladi. Mil.ning 1-asr oʻrtalarida german qabilalari (sve, gyot va boshqalar) kelib joylashgan: ular hozirgi shvedlarning etnik asosini tashkil qilgan. 6–7-asrlarda shved qabilalarining birlashish jarayoni boshlandi. 8 –11-asrlarda shvedlar vikinglar yurishlarida qatnashdilar. 11asr boshlarida xristianlik tarqaldi. 11-asrda birlashgan shved qirolligi tashkil topdi. 12– 14-asrlarda Shvetsiya [[Finlandiya|Finlyandiyani]] bosib oldi (1809 -yilgacha Shvetsiya tarkibida boʻlgan). 1397 -yilda shahrining Daniya va Norvegiya bilan birlashishi natijasida Shvetsiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi. 15-asr – 16-asr boshlarida Daniya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik harakati avj oldi. 1521–23 yillarda dvoryan Gustav Erikson rahbarligida koʻtarilgan gʻalayon Daniya hukmronligiga barham berdi. G. Erikson 1523 -yil Gustav I nomi bilan Shvetsiya qiroli etib saylandi va Vaza sulolasiga asos soldi. 16-asrning 30-yillarida reformatsiya harakati avj oldi va lyuterchilik joriy etildi. 16–19-asrlarda Shvetsiya, ayniqsa, Gustav II Adolf davrida Boltiq dengizida oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun urush olib bordi (1558–83 yillardagi Livon urushi, 1618–48 yillardagi Oʻttiz yillik urush, 17-asr boshida Rus davlatiga qarshi urush, 17-asr 2-yarmida [[Polsha]], Daniya, Rossiya bilan boʻlgan urushlar). 1700–21 yillardagi Rossiya bilan boʻlgan Shimoliy urusht Karl XII boshchiligidagi shved armiyasi tormor keltirildi; Shvetsiya oʻz hududining bir qismidan mahrum boʻldi. 19-asr boshlarida Shvetsiya antifransuz koalitsiyasi tarkibida Napoleon I ga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1809 -yil shahrida demokratik islohotlar oʻtkazildi, konstitutsiya qabul qilindi (ayrim oʻzgarishlar bilan 1975 -yilgacha amalda boʻldi). 1814 -yil [[Daniya]] bilan tuzilgan Kil shartnomasiga muvofiq, Norvegiya Shvetsiya tarkibiga oʻtdi (1905 -yil shahridan ajralib chiqdi). [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushi]] (1914–18) davrida betaraf Shvetsiya amalda Germaniyaga yon bosdi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] (1939–45) davrida qatʼiy betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tashqi siyosatda harbiysiyosiy bloklarda ishtirok etmaslik yoʻlini tutdi. 193276, 198291 -yillarda va 1994 -yildan hokimiyatni Sotsial-demokratik ishchi partiyasi egallab kelmoqda. Shvetsiya 1946 -yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 -yil 16 -yanvarda tan olgan va 1992 -yil 8 -aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 30 -aprel – Qirol tugʻilgan kun (1946), 6 -iyun – Shvetsiya bayrogʻi kuni (1523, 1809).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari ==
[[Tasvir:King Carl XVI Gustaf at National Day 2009.jpg|thumb|Carl XVI Gustaf|alt=]]
 
Soʻl partiya, 1917 -yil tuzilgan; Xalq partiyasiliberallar, 1895 -yil tashkil etilgan; Atrofmuhitni muhofaza qilish partiyasi ("Koʻkatparvarlar") yoki "Milyepartiyet", 1981 -yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1910 -yil tuzilgan; Shvetsiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi, 1889 -yil tashkil etilgan; Moʻʼtadil koalitsion partiya, 1904 -yil asos solingan; Xristiandemokratik partiya, 1964 -yil tuzilgan. Shvetsiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 -yil tuzilgan, 20 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
 
== Xoʻjaligi va sanoati ==
Qator 37:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Shvetsiya bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Arbetet" ("Mehnat", kundalik gazeta, 1887 -yildan), "Aftonbladet" ("Kechki gazeta", kundalik kechki gazeta, 1830 -yildan), "Vi" ("Biz", haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jurnal, 1913 -yildan), "Gyotebergsposten" ("Gyoteborg pochtasi", kundalik gazeta, 1858 -yildan), "Dagens nyuxeter" ("Kun yangiliklari", kundalik gazeta, 1864 -yildan), "Kvellsposten" ("Kechki pochta", kundalik kechki gazeta, 1948 -yildan), "Metallarbetaren" ("Metallurg", haftalik jurnal, 1888 -yildan), "Svenska dagbladet" ("Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1884 -yildan), "Syudsvenska dagbladet snellposten" ("Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gazeta, 1848 -yildan), "Ekspressen" ("Ekspress", kundalik kechki gazeta, 1944 -yildan). Shvetsiya telegraf byurosi 1921 -yil tuzilgan; shahridagi gazetalarning aksiyadorlik jamiyati. Shvetsiya radiosi hamda Shvetsiya televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993 -yil tashkil etilgan. shahrida radioeshittirishlar 1924 -yildan, telekoʻrsatuvlar 1956 -yildan olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 49:
 
== Musiqasi ==
Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari – lur (choʻpon burgʻusi), qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar – skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14–15-asrlarda ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526 -yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771 -yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940 -yildan Oliy musiqa maktabi, 1971 -yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri – 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg, yil Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950–70-yillar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida dirijyorlar S.Erling, S.Vesterberg, X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. shahrida 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg, Malmyoda opera teatrlari ishlaydi.
 
== Teatri ==
Shved professional teatri tarixi universitet va maktablarda drama teatr truppalari paydo boʻlganvaqt (1ba.)dan boshlanadi. 1682 -yil dramaturg Urban Yernening Upsala universiteti qoshida tuzgan teatr truppasi shahrining birinchi professional teatri hisoblanadi. 1779 -yildan Gyoteborgda doimiy teatr, 1788 -yildan Stokgolmda Kirollik drama teatri ishlay boshladi. 19-asrning yetakchi aktyorlari: L.Yurtsberg, E.Xyogkvist, N.Almlyof, G. Dalkvist. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Yu.A.Strindber ijodi tufayli Shvetsiya teatri Yevropada shuhrat qozondi. Uning pyesalarini rejissyor va aktyor Yu.Lindberg va rejissyor G.Mulander sahnalashtirdilar. 1907 -yil Strindberg tashabbusi bilan Stokgolmda Intim teatri ochildi. 20-asrning 20–30-yillarida rejissyor P.Lindbergning faoliyati muhim oʻrin egalladi; u turli davrlarda Gyoteborgdagi "Lorensberg teatr", Stokgolmdagi "Teatr Ekman" va "Vasateatr"ga rahbarlik qildi. P. Lindberg ijodi shahrida hozirgi zamon rejissyorlarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatdi (A.Shyoberg, I.Bergman, S.Malkvist va boshqalar). shahrining yirik teatrlari: Qirollik drama teatri, Gyoteborg, Xelsingborg, Malmyodagi teatrlar. 20-asrning 60–80-yillaridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S. Miliander, M. Ekstryom K. Xanning, U. Palme.
 
== Kinosi ==
1897 -yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907 -yildan boshlandi. 1910–20-yillarda bir qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; "Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rejissyor V.Shyostrem). 20–30 yillarda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, rejissyor G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rejissyor X.Ekman). Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda rejissyorlar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961–63; "Kuzgi sonata", 1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi oʻyindan chiqadi", 1956). 60–70-yillarda rejissyorlar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rejissyor B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; hammasining rejissyor Ya.Troell). Shu bilan birga 60–80-yillarda ayrim rejissyorlar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Shvetsiya kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Shvetsiya kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963 -yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965 -yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi.
 
== Oʻzbekiston – Shvetsiya munosabatlari ==