Mirxond: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Wikified
Qator 7:
|vafot sanasi=1498-yilda
|vafot joyi=[[Hirot]] (hozirgi Afgʻoniston)}}
'''Mirxond'''  — fors [[Temuriylar|tarixchisi, Temuriylar]] saroylarida mavjud boʻlgan saroy tarixshunoslari maktabining vakillaridan biri.
 
== Tarjimayi holi ==
Mirxond haqidagi biografik maʼlumotlar uning tarixiy asarining kirish soʻziga asoslanadi. Uning otasi Burxoniddin [[Buxoro|Buxoroda]] yashagan zodagon sayyidlar ([[Muhammad|paygʻambar]] avlodlari) oilasidan edi. Lekin Balxga koʻchib oʻtgan, u yerda umr boʻyi yashagan va 1433-yil (hijriy 837-yil)da Mirxond tugʻilgan. Mirxond Hirotda yashagan. U vazir va mashhur shoir [[Alisher Navoiy]] davrasiga mansub boʻlib, u koʻplab yozuvchilarga, jumladan, Mirxond va nabirasi [[Xondamir|Xondamirga]] homiylik qilgan. Mirxond Navoiyning taklifiga binoan [[Ravzat us-safo]] asarini yozadi. Buning uchun u umrining birinchi yarmini tarix kitoblarini oʻqish va oʻrganishga bagʻishlagan. Mehnat sharoitlari qulay edi, Mirxond turli adabiyotlarga va unga tegishli boʻlgan oʻz davriga oid eng soʻnggi manbalariga ega edi. Mirxond 1498-yilda (miloddan avvalgi 903-yil) Hirotda vafot etgan. Uning ishi tugallanmagan va uni nabirasi [[Xondamir]] yakunlagan. Aftidan, nabirasi yettinchi jildning muhim qismini yozgan (bu jild Mirxond vafotidan keyingi voqealarni qamrab oladi) va ehtimol boshqa qismlarni ham tahrir qilgan boʻlishi mumkin.
 
== Manba ==
 
== Adabiyotlar ==
* Материалы по истории туркмен и Туркмении. Т. 1. М. Институт Востоковедения. 1939;
* Советская историческая энциклопедия. — М.: Советская энциклопедия . Под ред. Е. М. Жукова. 1973—1982.
 
 
[[Turkum:Markaziy Osiyo tarixi]]