Ana de Armas: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yangi
(Farq yoʻq)

16-Oktyabr 2021, 17:31 dagi koʻrinishi

Ana Celia de Armas Caso (talaffuzi: Ana Seliya de Armas Kaso; 30-aprel 1988-yilda tugʻilgan[1]) kuba-ispan aktrisasi. U aktrisa oʻlaroq ilk karyerasini Una rosa de Francia (2006) romantik dramasidagi yetakchi roli bilan boshlagan. 18 yoshida u Ispaniyaning Madrid shahriga koʻchib keladi hamda oʻsmirlar uchun moʻljallangan El Internado serialining olti mavsumida (2007-2010) suratga tushadi.

Ana de Armas

De Armas 2017-yilda
Tavalludi
Ana Celia de Armas Caso

30-aprel 1988-yil (1988-04-30) (35 yosh)
Havana, Kuba
Fuqaroligi Kuba bayrogʻi Kuba
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2006 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Marc Clotet
(turm. 2011; ajr. 2013)

Keyinchalik, Los Angelesga koʻchib oʻtgan de Armas Knock Knock (2015) erotik trillerida va War Dogs (2016) dramasida bosh rolni, Hands of Stone (2016) biopikida esa ikkinchi darajali rolni jonlantirdi. Blade Runner 2049 (2017) nomli ilmiy-fantastik janrdagi filmdagi roli ortidan shuhrat qozondi. Knives Out (2019) detektiv filmida jonlantirgan hamshira Marta Cabrera roli uchun Oltin globusning „Komediya yoki myuzikldagi eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.[2]

Manbalar

  1. Nicolaou, Elena (12 March 2020). „The Most Interesting Thing About Ana de Armas Isn't Ben Affleck“. O, The Oprah Magazine. 28 November 2020da asl nusxadan arxivlandi. „De Armas was born on April 30, 1988...“
  2. film, Guardian „Golden Globes 2020: full list of nominations“ (en). the Guardian (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.

Havolalar