Koʻl: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 213.230.112.250 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
[[File:Bariloche- Argentina2.jpg|thumb|300px|Koʻl.]]
[[File:Bariloche'''Koʻl''' — chuqur joylarda toʻplangan tabiiy suv havzasi. Yerning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, moʻʼtadil va sovuq, koʻp yogʻinli yoki qurgʻoqchil r-nlarida mavjud. Koʻpchilik K.lar dengizga muayyan daryo orqali oʻtib tushadi. Qurgʻoqchil joylarda oqmas Argentina2K.jinni ham koʻp. Eng katta oqmas K.lar — Kaspiy dengizi va Orol dengizidkr. K. oʻrnining paydo boʻlishiga qarab bir necha turga boʻlinadi. Yerning ichki kuchlari taʼsirida paydo boʻlgan tektonik K. katta va chuqur boʻladi (Kaspiy, Yuqori koʻl, Viktoriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqkoʻl). Zilzila natijasida daryo oʻzaniga togʻ yon bagʻirlarining qulab tushishidan yuzaga kelgan qulama (toʻgʻonli) K. (Pomirdagi Sarez koʻli, Yashilkoʻl, Zarafshon, havzasidagi Iskandarkoʻl, Ozarbayjondagi Goʻkkoʻl va boshqalar) ham tektonik K. hisoblanadi; vul k a n i k K. sungan vulkanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil boʻladi; gid roge n K. daryo, dengiz va yer osti suvlari faoliyati natijasida vujudga keladi. Gidrogen K. daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil boʻlgan qayir K., qoldiq oʻzan oʻrnidagi K., deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan delta K., ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning choʻkishi natijasida hosil boʻladigan karst K., abadiy muzloq yerdar choʻkkan joylardagi termokarst K., ostki qat-lamlardagi jinslarni yer osti suvlari yuvib ketishi natijasida tashkil topgan laguva K., limanlarning dengizdan ajralib krlishi natijasida shakllangan liman K.ga boʻlinadi. Glyasiogen K. muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida vujudga keladi. Ular daryo vodiylarining morena yotqiziqlari bilan toʻsilib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari orasidagi chuqurliklarda hosil boʻlgan morena K. va togʻ yon bagirlaridagi kar muzliklari oʻyib ketgan joylarida hosil boʻlgan kar K.ga boʻlinadi. Suv omborlari va hovoʻzlar sunʼiy K. deyiladi.
 
Suvi tashqariga oqib chiqishchiqmasligiga koʻra, oqar va oqmas K.., shoʻrligiga koʻra, chuchuk, shoʻrtang , shoʻr va juda shoʻr (achchiq) K., suv temperaturasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (moʻʼtadil) K., tuzlarning kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) K. ga boʻlinadi. Loyqa bosishi, qirgʻoqlarning shakllanib turishi natijasida K.ning shakli va kattaligi oʻzgarib turadi.