Masjid: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
File
Qator 1:
[[File:Abdul Rahman Mosque in March 2010.jpg|thumb|250px]]
 
'''Masjid (Machit)''' (arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa boʻlib, [[namoz]] oʻqiydigan joy, ibodatxona. Masjidlar, asosan, kundalik besh vaqt namoz oʻqish uchun moʻljallangan. Juma va hayit namozlari esa [[jome masjid]]larida oʻqiladi. Birinchi masjidni [[Madina]]da [[Muhammad paygʻambar]] qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjidlarning toʻrida, [[Makka]]ga qaragan ([[qibla]]) tomonida [[mehrob]], hovlisida hovuz, bir yoki bir necha [[minora]] boʻladi. Ayrim yirik masjidlar mehrobining oʻng tomonida vaʼzxonlik uchun moʻljallangan [[minbar]], baʼzilarida esa [[Qurʼon]] oʻqiladigan maxsus joylar ham boʻladi. Baʼzi masjidlar huzurida maktablar ham boʻlib, ularda oʻgʻil bolalarga Qurʼon oʻqish oʻrgatiladi. Masjidlarda juma va hayit namozi kunlari imom-xatiblar xutba oʻqib, turli diniy masalalar boʻyicha vaʼzxonlik qiladi. Oʻzbekistonda 2000 ga yaqin masjid bor (2003). Masjidlarda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga amal qilingan holda faoliyat yuritiladi.