Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
d
Teglar: Qaytarildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 146:
 
=== Jazosizlikka chek qoʻyiladi ===
Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993-yili harbiy '''jinoyatlar''' sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994-yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998-yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.
 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri — inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik masʼuliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998-yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi.