Anqara: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Kızılay Square in Ankara, Turkey.JPG|thumb|300px]]
'''Anqara''' — [[Turkiya|Turkiya Respublikasining]] poytaxti, Anqara vilotatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4 million kishi (shahar atrofi bilan, 1997). Shahar Anadolu yassitog‘ligida, Anqara va Chubuk daryolari tutashgan joyda, dengiz sathidan taxminan 890938 m balandlikda. Anqara va avtomobil yo‘llari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi. Anqara Kichik Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biri; milloddan avvalgi VII asrda Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan savdo yo‘llaridagi Rim imperiyasiga qarashli muhim savdo markazi sifatida maʼlum. XI asrdan Anqara saljukiy turklar tasarrufida. XIV asrning 1-yarmidan usmonlilar saltanati tarkibidagi Anqara poshsholigining maʼmuriy markazi. [[1402-yil]] [[20-iyuld]]a Anqara yonida katta buyuk [[Amir Temur]] bilan turk sultoni [[Boyazid I Yildirim]] oʻrtasida jang bo‘lgan (qarang [[Anqara jangi]]). [[1864-yil]]dan esa viloyat markazi. [[1920-yil]] [[23-aprel]]da Anqarada Turkiya Buyuk Millat majlisi ochildi va unda yangi milliy hukumat tashkil etildi. [[1923-yil]] [[13-oktabr]]dan Anqara Turkiya poytaxti, [[1923-yil]] [[29-oktabr]]dan Turkiya Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. Anqarada Turkiyaning asosiy harbiy sanoat (o‘qdori, qurol-aslaha, samolyot zavodlari), mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika, sement, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq-571ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Anqarada bir necha universitet, konservatoriya, Otaturk nomidagi pedagogika instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, oliy texnika maktabi, bir qancha hunar o‘quv yurtlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, kino-teatrlar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar bor. Shahar 2 qismdan iborat. Shimoliy yoki eski Anqarada o‘rta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Anqara poytaxt bo‘lgach, uning janubiy qismida zamonaviy binolar qurilgan.
 
== Adabiyotlar ==