Fantastika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
k 31.173.243.141 tahrirlari EdgarsBot versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 3:
19—20-asrlarda ilmiy F. taraqqiy etdi. Ilmiy F.ning asosiy vazifasi — kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat. Asosiy tasvir usuli — fikriy eksperiment (tajriba). 20-asrda ilmiy F.ning ravnaqi jamiyat taraqqiyotida fan va texnikaning tobora oʻsib berayotganligi bilan bogʻliq. Shartli ravishda ijtimoiy upotiya va "antiutopiya" janrlari, falsafiy, "maishiy", yumoristik, "texnik" janrlar farqlanadi. Ilmiy F. umumadabiy va oʻziga xos tasviriy vositalardan foydalanadi.
 
Ilmiy F.ning asoschilari — F. Bekon (16-asr), Berjerak, F. Gadvin (17— 18-asrlar). 19-asrda fransuz fantasti J. Vern shuhrat topdi. Uning "Ajoyib sayohatlar" turkum romanlaridan "Kapitan Grantning bolalari", "Yer yuzi boʻylab 80 kunlik sayohat", "Kapitan Gatterasning sarguzashtlari" keng tarqalgan. Ingliz yozuvchisi G. Uells "Zamon mashinasi", "Koʻzga koʻrinmas odam", "Dunyolar kurashi" romanlarida ilmiyfantastik vosita bilan katta ijtimoiy masalalarni oʻrtaga qoʻygan. Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida ilmiy F. mavzui qad. zamonlardan beri salmokli oʻrinni egallab kelgan. "Ming bir kecha" turkumiga kirgan hikoyalarda, oʻzbek fantastik ertaklarida ilmiy F.ga xos xususiyatlar mavjud. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidagi "oynai jahonnoma" haqidagi epizodlar, "Saddi Iskandariy"dagi Mallu tilsimiga qarshi kurash bobi ilmiy F.ning yaxshi namunalaridir. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotida ilmiy F.ga xos yoʻnalish koʻproq hikoya va ocherklarda koʻrinmoqda<ref>[https://hdrezka.re/fantastika/ Fantastika janrining filmlari tanlovi]</ref>.
 
== Adabiyot ==