Issiqlik elektr stansiyalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 3:
Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t.-yil transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.
 
Issiqlik elektr stansiyasi 19-asr 80-yillarida kurila boshlagan. Ilk issiqlik elektr stansiyasi [[New York]]da qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki issiqlik elektr stansiyasini muhandis M. K. Polivanov Moskvada qurgan (1906). [[Oʻzbekiston]]da dastlabki issiqlik stansiyasi 20-asr boshlarida qurilgan (qarang [[Issiqlik energetikasi]]). Oʻzbekistonda 10 ta issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). Issiqlik elektr stansiyasi avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==