Daraxt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Umarova Ziyoda tahrirlari Sociologist versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 7:
 
Mas, katta yoshdagi igna bargli daraxtlar bargining rangi ochroq, oʻsishdan toʻxtagan daraxtning shoxshabbasi yumaloq telpak gumbaz shaklida, tanasining pastki qismi yorilgan, qalin, oʻlik poʻstloq toʻqimalari bilan qoplangan, baʼzan poyasi sirtida yashil, sariq va boshqa tusli buqoqlar paydo boʻladi. Yosh daraxtlar tik oʻsadi, shox-shabbasi choʻziq konussimon, poʻstlogʻi silliq, yaltiroq, igna bargli daraxtlar bargi sersuv, toʻq yashil. Daraxtlarni oʻgʻitlash yoki hosil berishini toʻxtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin. Shaftoli daraxti 15—20, saksovul 50—60, terak 70—80, tok 100, tol 300, xandon pista 350, tut va yongʻoq 400, qaragʻay, shumtol, zarang 700—1000, chinor 1000, eman 2000, shamshod 3000, mamont daraxti 6000 yil yashaydi.
Daraxt insonlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Masalan, daraxtlar karbonat angidrid (CO2)yutib kislorod chiqaradi, insonlar esa kislorod yutib karbonat angidrid chiqaradi. Mana shu tariqa tabiat va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik shakllanadi.
 
== Adabiyot ==