Chigʻatoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 23:
'''Chigʻatoy''' ({{lang-mn|Цагадай|translit=Tsagadai}}; {{MongolUnicode|ᠴᠠᠭᠠᠲᠠᠶ}} ''Čaɣatay''; {{lang-ug|چاغاتايخان}}, ''Chaghatay-Xan''; {{lang-zh|察合台}}, ''Chágětái''; {{lang-tr|Çağatay}}; {{lang-fa|جغتای}}, ''Jagʻatoy'' (1185-1242) — Chigʻatoy ulusi hukmdori (1224—1242). [[Chingizxon]]ning ikkinchi oʻgʻli. Onasi Boʻrta fujin (xotun) [[qoʻngʻirot]] urugʻi vakili Day noʻyonning qizi boʻlgan. Saltanat qonun qoidalari ([[toʻra]]), udumlar, xususan, Chingizxon buyrugʻini istisnosiz bajarilishini nazorat qilish uning zimmasiga yuklatilgan. Chigʻatoy Chingizxon boshliq moʻgʻullarning bosqinchilik yurishlarida faol ishtirok etgan. 1211-yilda [[Xitoy]]ga qarshi tashlangan harbiy safarda Chigʻatoy ukalari [[Oʻqtoyxon]] va [[Tulu]] hamrohligida bir nechta yirik shaharlarni zabt etgan. Oʻrta Osiyoning moʻgʻullar tomonidan istilo qilinishida faollik va qattiqqoʻllik koʻrsatgan Chigʻatoy [[Joʻji]] va Oʻqtoy bilan birgalikda [[Oʻtror]]ni 3 oylik qamaldan soʻng (1219-yilda) olgan. 1220-yil [[Urganch]] mudofaasi vaqtida Chigʻatoy bilan akasi Joʻji oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga chiqadi. Oqibatda Chingizxon lashkar qoʻmondonligiga Oʻqtoyni tayinlaydi. Chigʻatoy [[1221-yil]]ning 25-noyabrida [[Jaloliddin Manguberdi|Sulton Jaloliddin]] bilan boʻlgan qaqshatqich jangda ([[Sind daryosi boʻyidagi jang]]) otasi yonida turgan. Chingizxonning tangutlarga qarshi uyushtirgan harbiy safari chogʻida (1227) Chigʻatoy yurtni muhofaza qilish ishlariga boshchilik qilgan.
 
[[1224-yil]] Chingizxon moʻgʻullar zabt etgan yerlarni oʻgʻillariga mulk tarzida taqsimlab bergan. Sharqda nayman qabilalari yashaydigan Oltoydan gʻarbda Jayxun (Amudaryo)gacha, [[Gʻulja]]dan [[Samarqand]]u [[Buxoro]]gacha boʻlgan hududlar Chigʻatoyga tekkan. Uning qarorgohi [[Ili daryosi]] vodiysida joylashgan. Chigʻatoy oʻziga tegishli ulus boshqaruvini avval Maxmud Yalavochga, [[1238-yil]] [[Mahmud Yalavoch]] Oʻqtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-yilgacha) etib tayinlangach, uning oʻgʻli [[Masʼud Yalavoch]]ga (1238—89) topshirgan. Oʻzi umrining oxirigacha Oʻqtoy qoon saroyida hukmdorning maslahatchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Chigʻatoy nomi bilan uning ulusi Chigʻatoy ulusi, [[Movarounnahr]] aholisi soʻzlashadigan til esa [[Eski o‘zbekoʻzbek tili|chigʻatoy tili]] deb nom olgan (qarang [[Chigʻatoylar]]).<ref>Dadaboyev, Hamidulla. "{{PAGENAME}}" ''[[OʻzME]]''. [http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Ch%20harfi.pdf Ch-harfi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==