Sement sanoati: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Azizoffdsrd (munozara | hissa) Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
MalikxanBot (munozara | hissa) Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish) |
||
Qator 1:
'''Sement sanoati''' - qurilish ma-teriallari sanoatining eng yirik tarmogʻi. Portlandsement, putssolan portlandsementi, toshqol portland-sementi, shifer, asbotsement quvurlar, ganch, gil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Sement dastlab 1824 yilda Angliyaning jan.dagi Portlend sh. yaqinida ("portlandsement" nomi shundan) ingliz ixtirochisi J.Asp-din tomonidan maʼlum nisbatlarda qoʻshilgan ohak va tuproq aralashmasi-ni kuydirib olingan. 19-asrning 30-y.la-ridan boshlab Bukj Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniyada sement zavodlari qurila boshladi. 19-asrning 70-yillariga kelib sement jahon qurilish texnikasi rivojlanishining asosiy yoʻnali-shini belgilab, yigma temirbetonning kashf etilishiga olib keldi. 20-asr davomida jahonning rivojlangan mam-lakatlarida Sement sanoati yuqori surʼatlarda oʻsdi va sement i.ch.ning umumiy hajmi 1500 mln. t ni tashkil etdi (1998). Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan Xilkovo (hozirgi Bekobod) sement zavodi 1913 yildan qurila boshlagan. 1926 yilda korxona qayta ishga tushiriddi. 1932 yilda Quvasoy sement zavodida turli marka-dagi sementlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillardan bu korxonalar kengaytirilib, k-tlarga aylantirildi, ularda sementdan tashqari shifer, ohak, asbotsement quvurlarni i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Xalq xoʻjaligining sementga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadlarida 1962 yilda yillik quvvati 1,7 mln. t boʻlgan Ohangaron sement k-ti, 1976 yilda yillik loyiha quvvati 3,4 mln. t boʻlgan Navoiy sement k-tining 1-navbati (yillik quvvati 1150 ming t) ishga tushirildi. 70-yillar oʻrtalariga kelib Sement sanoatida 3536 ming t turli markadagi sement ishlab chiqarildi.
90-yillar oʻrtalaridan tarmoq korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, chet el texnologiyalari bilan jihozlandi. "Ohangaron-sement" aksiyadorlik jamiyati huzurida "Ohangaron rangli sement" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1995). "Qizilqumse-ment" aksiyadorlik jamiyati (sobiq Navoiy sement zavodi)da i.ch. quvvatla-rini toʻliq ishga solish tadbirlari amalga oshirildi. Oʻzbekistan Sement sanoatida gidrotexnika va yer osti inshootlari qurishda yuqori namlik va muzlash sharoitlarida ish-latiladigan, sement muddati va yaroqliligi hamda yuqori sifati betonni suv
{{no iwiki}}
|