Ishchilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl:, [[Image: → [[Fayl:
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 1:
[[Fayl:Laborer.jpg|250px|thumb|right|Mehnatkash ish vaqtida.]]
[[Fayl:Vladimir Putin 22 March-mart 2002-yil-4.jpg|thumb|250px|[[Vladimir Putin]] (chapda) va shaxta ishchilari.]]
'''Ishchilar''' — [[sanoat|industrial]] jamiyatda [[mehnat]]ga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. [[XIX asr]] oʻrtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan [[dehqonlar]] va [[hunarmandlar]] hisobidan sanoat [[proletariat]]i paydo boʻldi, ishchilarning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari shakllandi (''qarang:'' [[Marksizm]], [[Sotsializm]]). [[XX asr]]ning ikkinchi yarmidan rivojlangan industrial mamlakatlarda fan-texnika progressi, xizmat koʻrsatish sohalarining oʻsishi va boshqalar natijasida ishchilar soni nisbatan qisqardi (iqtisodiy faol aholining 50% dan kam qismi), turmush darajasi, madaniy rivojlanishi va boshqalar boʻyicha ishchilar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi qatʼiy chegaralar oʻzgardi; turli ijtimoiy-kasbiy qatlamlarni oʻz ichiga olgan ishchilarning oʻz tarkibi ham oʻzgardi. [[SSSR]] va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda ishchilar jamiyatning rahbar kuchi — gegemoni deb eʼlon qilingan edi, lekin totalitar tuzum davrida bu qatlam oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilishning real imkoniyatlaridan mahrum edi. 1980-yillar oxiridan bu mamlakatlarda ishchilar harakatining qayta tiklanishi jarayoni boshlandi.