Kalla suyagi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 1:
'''Kalla suyagi''', bosh skeleti -umurtqali xdyvonlarxayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda K.s. choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun K.s.ning miya qismi (K.s. qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, K.s.ning asosiy qismini tashkil etadi. K.s. miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, K.s.ning yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.
 
K.s. ning miya boʻlimi tepa tomondan kalla qopqogʻi bilan chegaralangan boʻlib, ichida bosh miya joylashadigan kalla boʻshligʻidan iborat. Kalla boʻshligʻi umurtqa kanalining kengaygan uchi boʻlib, u yerda bosh miya pardalarga oʻralgan holda joylashgan. Kalla tubidagi teshiklar orqali nervlar (koʻruv, hidlov, uchlik, yuz, eshituv nervlari va b.) va qon tomirlari (uyqu arteriyalari, boʻyinturuq venalari) oʻtadi. Chakka suyagida oʻrta quloq boʻshligʻi va ichki quloq bor. K.s. ning oʻrtasi asosidagi turk egarida gipofiz yotadi. Ensa suyagida uzunchoq miya joylashgan. K.s. asosidagi eng katta teshik — ensa t ye sh i g i orqali uzunchoq miya orqa miyaga tushadi.