Asad Azimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Qator 1:
'''Asad Vahobovich Azimov''' (1927.6.10, Andijon – 1995.23.11, Toshkent) – opera xonandasi (lirik tenor). [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1978). Abduvahob Azimovnit oʻgʻli. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). Muqimiy teatri (1941–43), Uygʻur musiqali drama teatri (1943–46), Andijon teatri (1946–47)da artist. Navoiy teatri solisti (1953-85). 1966–70 yillar Toshkent konservatoriyasi, 1960–66 va yana 1970 -yildan Toshkent san’at instituti vokal kafedrasida oʻqituvchi, kafedra mudiri (1975–86). Oʻzbek, rus va Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining operalarida 50 ga yaqin asosiy partiyalarni (ba’zilarini Oʻzbekistonda ilk marotaba) ijro etgan: Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, "Tohir va Zuhra"), Furqat (M. Ashrafiy, "Shoir qalbi"), Yoʻlchi (R. Hamroyev, "Zulmatdan ziyo"), Nodir (J. Vize, "Marvarid qidiruvchilar") va boshqa Ovozi noziq, lirik talqin ustasi. Konsert repertuarida oʻzbek, tojik, rus va boshqa xalqlar qoʻshiqlari bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==