Haydar Aliyev jamgʻarmasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Rescuing 0 sources and tagging 2 as dead.) #IABot (v2.0.8.2
Qator 281:
Haydar Aliyev Fondining RFdagi vakolatxonasining yana bir loyihasi bu Sankt-Peterburg Maʼmuriyati bilan hamkorlikdagi, buyuk shoir va faylasufning 870 yilligiga bagʻishlangan Nizomiy — Ganjaviy nomidagi skverni tashkil etilishi boʻldi. Skverning tantanali ochilish marosimi 2011 yilning 5 iyun kuni boʻlib oʻtdi. Shoirning tugʻilgan kunining 870 yilligi munosabati bilan Fond tashabbusi ostida skverda noyob granit skameyka va Nizomiy asarlari qismlari bilan panno oʻrnatilgan, buyuk shoir haykali ham qayta taʼmirlandi.<ref name="R103">[http://heydar-aliyev-foundation.org/ru/content/view/101/654/Vitse-prezident-Fonda-Geydara-Aliyeva-Leyla-Aliyeva-prinyala-uchastiye-v-otkrytii-skvera-imeni-Nizami-Gyandzhevi-v-Sankt-Peterburge Jtkrytiye skvera imeni Nizami Gyandzhevi v Sankt-Peterburge]</ref>
 
2012 yilning 12 sentabrida Haydar Aliyev Fondi vitse prezidenti Leyla Aliyeva ishtirokida Ozarbayjon va Rossiya doʻstlik koʻprigining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Koʻprikni qurish haqidagi qaror 2010 yilda Ozarbayjon prezidentining Astraxanga kelgan vaqtida qabul qilingan. Koʻprik Haydar Aliyev Fondi yordamida qurildi. Uzunligi 50 metr kengligi 6 metrni tashkil etgan yoʻlovchilar uchun Doʻstlik koʻprigi Haydar Aliyev bogʻi va Petr I maydonini birlashtiradi. Koʻprik tutqichlarida Boku va Astraxan belgilari arnamentlari — Qizlar qoʻrgʻoni va Astraxan Kremli koʻrsatilgan.<ref name="R104">[http://heydar-aliyev-foundation.org/ru/content/view/101/735/V-Astrakhani-sostoyalos'-torzhestvennoye-otkrytiye-mosta-Druzhby-Azerbaydzhana-i-Rossii V Astrakhani sostoyalos' torzhestvennoye otkrytiye mosta Druzhby Azerbaydzhana i Rossii]{{Deadlink|date=November 2021 |bot=InternetArchiveBot |fix-attempted=yes }}</ref>
 
2012 yilning 12 sentabrida Avliyo knyaz Vladimir cherkovi toʻgʻrisida Avliyo knyaz Vladimirga haykal oʻrnatiladigan joyda tosh qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Haykal oʻrnatish joyiga muqaddas suv sepilganidan soʻng, uning fundamentiga kapsula qoʻyilgan. Tadbirda soʻz olgan Astraxan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkin, ozarbayjon va rus xalqlari orasida doimiy doʻstlik belgisi boʻladigan slavyan pravoslav madaniyatiga yodgorlik oʻrnatishni taklif qilgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorchilik bildirdi. Davlatning eng mashhur sarkardalaridan biri — Avliyo knyaz Vladimir haykali qurilishini boshlash Haydar Aliyev Fondining Rossiyadagi vakolatxonasi olib borayotgan muhim ishlarning tasdigʻidir dedi A.Jilkin. Balandligi 14,5 metrni tashkil qiladigan haykalni tayyorlashda ozarbayjon va rossiya haykaltaroshlari ishtirok etadilar. Haykal atrofida bogʻ qurilib, uning atrofi obodonlashtiriladi.<ref name="R105">[http://heydar-aliyev-foundation.org/ru/content/view/101/750/V-Astrakhani-sostoyalas'-tseremoniya-zakladki-kamnya-na-meste-budushchego-pamyatnika-Svyatomu-knyazyu-Vladimiru V Astrakhani sostoyalas' tseremoniya zakladki kamnya na meste budushchego pamyatnika Svyatomu knyazyu Vladimiru]{{Deadlink|date=November 2021 |bot=InternetArchiveBot |fix-attempted=yes }}</ref>
 
<center><gallery widths="200" heights="200">