Xandaq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
Qator 1:
[[FileFayl:Russian Troops NGM-v31-p379.jpg|thumb|150px|Rus oʻqchilari]]
'''Xandaq''' — qad. va oʻrta asrlarda shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik. Odatda, tashqi devorni koʻtarishda loy X. oʻrnidan olingan. X.ning eni 5 —6 m dan 30 — 40 m gacha, chuq. 3 — 4 m boʻlib, ichi aksariyat suv bilan toʻlgʻazilgan. Baʼzan X. shoxshabba bilan ihota qilingan. Istehkomga kiradigan yoʻlga osma koʻprik qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida qoʻshin lashkargohga tushganda uning atrofi X. bilan mustahkamlangan. X.ning soni dushman qoʻshinining miqdoriga qarab 1 dan 6 tagacha boʻlgan. Koʻp vaziyatlarda X.lar oldiga katta hajmdagi qalqonlar (chapar) qoʻyilgan. Eski oʻzbek tili manbalarida moʻljar, chipjip, choh, oʻr, oʻrgʻarim kabi atamalar X.ga maʼnodosh sifatida qoʻllangan.
 
Qator 5:
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->