Armaniston bayrogʻi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8.2
Qator 27:
 
'''Armanistonning milliy [[Bayroq|bayrogʻi]]''', shuningdek '''Arman trikolori''' ham deyishadi ({{lang-hy|Եռագույն}} <nowiki>«''Ерагу́йн''»</nowiki>) – [[Armaniston|Armaniston Respublikasining]] [[davlat ramzlari]]dan biri. [[Bayroq]] toʻgʻri toʻrtburchak matodan tashkil topgan boʻlib, u uch xil rangdagi gorizontal chiziqlardan iborat: yuqorisi – [[Qizil (rang)|qizil]], markazda – [[koʻk]] va pastda – [[olovrang]] ranglariga ega. Bayroqning eni boʻyiga nisbatan 1:2 oʻlchamda. Armaniston bayrogʻi [[1990-yil]] [[24-avgustda]] Armaniston Respublikasining Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan. [[2006-yil]] [[15-avgust]]da [[Armaniston Milliy Yigʻini]] “Armaniston Respublikasining davlat bayrogʻi haqida”gi yangi qonunni qabul qildi.
Armaniston tarixida juda koʻp turlicha bayroqlar boʻlgan. Qadimgi davrlarda davlatni boshqargan arman sulolalari oʻz bayroqlarida turli xil ramziy jonivorlarni tasvirlashgan.<ref name="evolution">{{Web manbasi |url=http://www.armenianheritage.com/hiflag.htm |title=The Evolution of the Armenian Flag |accessdate=2007-01-05 |work=Armenianheritage.com |archivedate=2001-04-04 |archiveurl=https://web.archive.org/web/20010404225037/http://www.armenianheritage.com/hiflag.htm }}</ref> XX asrda [[Armaniston SSR]] [[Shoʻro Ittifoqi|shoʻro]] ramzlari tushirilgan turli koʻrinishdagi bayroqlarni qabul qilgan.
== Ma’nosi ==
Ranglarning ma’nolari turlicha talqin qilinadi. Masalan, qizil [[arman genotsidi]] davrida oʻldirilgan bir yarim million arman millatiga mansub kishilarning qoni ramzi, koʻk – Armanistonning tinch-osuda osmoni va olovrang – arman xalqining qoʻrqmas va dovyurakligi ramzi.<ref>{{Web manbasi|url=http://www.vexilla-mundi.com/armenia_flag.html |title=Armenia |accessdate=2007-01-06 |work=Vexilla Mundi}}</ref>