Oʼkeysi Shon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: fix
Qator 1:
[[Fayl:Sean ocasey 1924.jpg|thumbnail|Oʼkeysi Shon, 1924]]
O’KEYSI (O’Kasey) Shon (1880.30.3, Dublin — 1964.18.9, Torki, Angliya) — irland yozuvchisi va dramaturgi. 1926 -yildan Angliyada yashagan. Oʻtgan asrning 10—20-yillarida irland xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi inqilobiy kurashi qatnashchisi. "Oʻqchining soyasi" (1923), "Yunona va tovus" (1924), "Omoch va yulduzlar" (1926) pyesalari irland xalqining 20-asr boshidagi milliy ozodlik harakati voqealariga bagʻishlangan. Ilk asarlarining badiiy uslubida realistik va romantik tamoyillar oʻzaro qoʻshilib ketgan. "Yulduz qizarmokda" (1940) pyesasi inqilobiy gʻoyalar bilan sugʻorilgan. "Uyimdagi koʻzgu" ("Tarjimai hol", 1 — 6-j.) epopeyasida (1939—54) qora xalq orasidan chiqqan kishining jahon madaniyati, ijodiyoti choʻqqilariga, ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashga qadar bosib oʻtgan yoʻlini koʻrsatib bergan. "Yepiskop gulxani" (1995), "Ned otaning nogʻoralari" (1958) pyesalarida Irlandiya katolik ruhoniylari rahbarlarini xajv qilgan. "Uchayotgan ari" (1937), "Yashil qargʻa" (1956), "Guldor qalpoq ostida" (1963) kabi maqolalar va esselar toʻplamlarida O’K. realizmning haqiqiy tarafdori sifatida modernizmga qarshi kurashib, realistik sanʼat prinsiplarini qoʻllab-quvvatlagan. Publitsistik asarlari tinchlik uchun kurash ishiga xizmat qiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==