Yugoslaviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎top: Bot v1: fix
Qator 1:
'''Yugoslaviya''' — Janubiy Yevropadagi davlat (2003 -yilgacha mavjud boʻlgan). Serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi negizida 1929 -yil tashkil topgan. Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Chernogoriya uning tarkibida boʻlgan. 1929 -yil yanvarda Yu.da harbiymonarxiya diktaturasi qaror topgan. 1941 -yil martda Yu. hukumati fashistik davlatlar tomonidan tuzilgan Berlin pakti (1940 -yil 7 sentabrda tuzilgan) ga qoʻshildi. Bu Yu.da keng norozilik harakatiga sabab boʻldi; 27 martda fashistik hukumat agʻdarildi. 1941 -yil 6 aprelda Yu.ga fashistlar Germaniyasi hujum qildi va mamlakat hududi Germaniya okkupatsiyasi zonalariga boʻlindi. Xalq ozodlik kurashi avj oldi. Mamlakatning shim.sharkiy qismi 1944 -yil ozod etildi. 1945 -yil 15 mayda Yu. armiyasi Yu.ni fashistlardan ozod qilishni nihoyasiga yetkazdi. 1945 -yil 29 noyabrda Yu. Federativ Xalq Respublikasi (YUFXR) eʼlon qilindi. 1946 -yil 31 yanvarda YUFXR konstitutsiyasi tasdiqlandi. 1963 -yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha mamlakat Yu. Sotsialistik Federativ Respublikasi (YUSFR) deb nomlandi. Hokimiyat tepasida Yu. Kommunistlar Ittifoqi turdi. Yu.da oʻzinioʻzi boshqarish asosidagi sotsializmning Yugoslaviya modelini qurish vazifasi qoʻyildi. 1980-y.lardan mamlakat ogʻir iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga duch keldi. 1991 -yil YUSFR parchalanib ketdi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya federatsiya tarkibidan chiqib ketdi va mustaqil davlatlarga aylandi. 1992 -yil Serbiya bilan Chernogoriya Yu. Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 -yil 4 fevral dan bu davlat Serbiya va Chernogoriya deb atala boshladi.
[[Fayl:Civil Ensign of Yugoslavia (1950–1992).svg|thumb|Bayroqning o'rtasida joylashgan qizil yulduz kommunizmni anglatadi.<ref>Map Universal, [https://mapuniversal.com/category/world-history/ History, Facts, Breakup and Map of Yugoslavia] {{Webarxiv|url=https://web.archive.org/web/20190102194531/https://mapuniversal.com/category/world-history/ |date=2019-01-02 }}</ref>]]