Ibn Kasir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: fix
Qator 4:
Toʻliq ismi Abu al-Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasir ({{lang|ar| ‏أبو الفداء إسماعيل بن عمر بن كثير}}) boʻlib, Imoduddin (dinning ustuni) deb sharaflangan. Hijriy 700 (milodiy 1301) yilda Suriyaning [[Damashq]] sharqidagi [[Busro]] shahrining Mijdal qishlogʻida tavallud topgan. [[Ibn Taymiya]] va [[az-Zahabiy]]lardan taʼlim olgan.
 
Oʻsha davrdagi Suriyaning etuk olimlaridan boʻlmish [[Al-Mizziy]]ning qiziga uylanadi va shu bilan olimlar jamiyatiga qoʻshiladi. 1345 -yilda qaynotasining vatani boʻlmish Mizzada qurilgan yangi masjidda xotib boʻlib tayinlanadi. 1366 -yilda [[Umayyad Masjidi|Damashqning Buyuk Masjidi]]da mutaxassis darajasiga koʻtariladi.
 
Hayotining soʻngida koʻr boʻlib qoladi. Koʻr boʻlishining sababi qilib [[Ibn Hanbal Ahmad Abu Abdulloh|Ahmad Ibn Hanbal]]ning [[Musnad]]ini rivoyatchi emas balki mavzu boʻyicha tartibga solish uchun kechasilari kech ishlaganlikda qilib koʻrsatgan. Damashqda 1373 -yil (774-hijriy) fevral oyida vafot etgan.
 
== Ishlari ==
Qator 12:
Ibn Kasir [[Qurʼon]] uchun „Tafsirul Qurʼanil aziym“ nomli mashhur sharhni yozgan. Kitobda Qurʼonning oyatlari [[hadis]]lar bilan bogʻlab tushuntirilgan. Bu kitob undan oldinroq yozilgan [[At-Tabariy]]ning „[[Tafsir at-Tabariy]]“ tafsirining qisqacha bayoni hisoblanadi. Qurʼonning har bir oyat va surasini tushuntirishda [[hadis]] ishlatilganligi sababli kitob juda mashhur.
 
Misrlik olim Ahmad Muhammad Shokir (1892-1958) Ibn Kasirning tafsirini tahrirlab besh jildli „Umdat at-Tafsir“ qilib 1956-1958 -yillarda chop etgan.
 
=== Hadis ===
Qator 19:
 
=== Tarix ===
Ibn Kasirning „Al-Bidoya van Nihoya“ (‏البداية والنهاية) (Boshlanish va oxiri) kitobi Islom tarixshunosligiga oid eng taniqli ishlardan hisoblanadi. Kitob dunyoning yaratilishidan oxirigacha boʻlgan „universal“ tarix va Islom esxatologiyasini oʻz ichiga oladi. Kitobda paygʻambarlar va oldingi xalqlar haqida hikoyalar, Paygʻambarning Siyrati va uning davrigacha boʻlgan islom tarixi haqida gapirilgan. Bundan tashqari u qiyomatning alomatlari haqida „Al-Fitan“ kitobini yozgan. Bu kitob Ibk Kasir davridagi siyosat haqidagi maʼlumotlari bilan qiymatli. Kitob birinchi boʻlib Qohirada 1932-1939 -yillarda tahrirlanib, undan keyin ham bir necha bor tahrirlangan.
 
Muhammad(s.a.v)ning hayoti va Qissas al-Anbiyo (Islom paygʻambarlari va Eski Ahd qahramonlari haqidagi rivoyatlar toʻplami) haqida „As-Siyra an-Nabaviya“ni ham yozgan.