Markaziy Afrika Respublikasi — versiyalar orasidagi farq

Bot v1: fix
(Bot v1: fix)
<!-- Bot tomonidan qo‘shildiqoʻshildi -->{{Markaziy Afrika Respublikasi_info}}
'''Markaziy Afrika Respublikasi''' (MAP) (Republigue Centrafricaine) — Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 623 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — [[Bangi]] shahri Maʼmuriy jihatdan 16 prefekturaga boʻlinadi.
 
==Davlat tuzumi==
Markaziy Afrika Respublikasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 -yil 28 dekabrda umumxalq referendumida maʼqullangan va 1995 -yil 7 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Vazirlar Kengashini boshqaruvchi bosh vazirni prezident tayinlaydi.
 
==Tabiati==
 
==Tarixi==
MARning eng qadimgi tarixi yetarlicha oʻrganilmagan. Bir vaqtlar bu yerda pigmeylar yashaganligi haqida rivoyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo boʻlgan. 19-asrda hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi hududining shimoli-gʻarbiy qismi Bagirma va Vadai davlatlari, 90-yillarda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900 -yilga kelib Fransiyaning Ubangi-ShariChad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa fransuz mustamlakalari bilan Fransiya Ekvatorial Afrikasi tarkibiga kiritilgan. 1914 -yilda Ubangi-Shari (hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi) Chaddan ajratildi. 1958 -yil Ubangi-Shari Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi muxtor respublika deb eʼlon qilindi va Markaziy Afrika Respublikasi deb atala boshladi. 1960 -yil 13 avgustdan mustaqil davlat. MARda 1966 -yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, polkovnik J. Bokassa prezident lavozimini egalladi. 1976 -yilda Markaziy Afrika Respublikasi konsti-tutsiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator boʻldi. 1979 -yil yana bir toʻntarish natijasida imperator agʻdarib tashlandi, mamlakat yana respublika deb eʼlon kdlindi. 1981 -yil MARda navbatdagi harbiy toʻntarish roʻy berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Kon-stitutsiyaning amal qilishi toʻxtatildi. 1993 -yil 22 avgust va 19 sentabrda boʻlib oʻtgan umumiy saylovda Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 yil muddatga prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoliyat koʻrsata boshladi. Markaziy Afrika Respublikasi 1960 -yil sentabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979 -yilda tuzilgan; Markaziy Afrika demokratik uyushmasi partiyasi, 1987 -yilda tashkil etilgan; Demokratiya va tarak,qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991 -yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993 -yilda barpo etilgan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Markaziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyushmasi 1981 -yilda tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
 
==Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari==
1962 -yil mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Barcha maktablarda bolalar fransuz tilida oʻqitiladi. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil 4 yillik umumiy taʼlim kollejlari toʻliqsiz oʻrta, 7 yillik litseylar toʻliq oʻrta maʼlumot beradi. Hunar maktablari, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va litseylari ham mavjud.
 
Bangida universitet (1969 -yilda tashkil etilgan) va Oliy normal (ped.) maktab, toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasalari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), Demografiya tadqiqot markazi, Paster instituti (1961), Paxta va toʻqimachilik sanoati ilmiy tadqiqot instituti, Markaziy Afrika Agronomiya tadqiqot instituti (1948, Bukokoda). Bangi universiteti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot instituti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi kutubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholgʻu asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi bor.
 
==Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi==
Asosiy gazetalari: "Jurnal ofisel de la Repyublik Santrafri-ken" ("Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy gazeta", fransuz tilida chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1974 -yildan), "Songo" (sango xalqi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1986 -yildan). Markaziy Afrika axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1974 -yilda tashkil etilgan; Markaziy Afrika radioeshittirish va televideniye xizmati, 1958 -yilda tuzilgan, telekoʻrsa-tuvlar 1974 -yilda boshlangan.
 
==Adabiyot va San'ati==
204 000

ta tahrir