Hofiz Tanish Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: fix
Qator 1:
'''Hofiz Tanish Buxoriy ibn Mir Muhammad Buxoriy''', Mavlono Naxliy (taxminan 1540 — Buxoro — 1589) — tarixchi olim va shoir. Otasi Mir Muhammad Buxoriy [[Ubaydullaxon]]ning eng yaqin kishilaridan sanalgan. H.T.B. Buxoro madrasalarida tahsil olgan.
 
[[Kulbobo Koʻkaldosh]]ning tavsiyasi bilan H.T.B. [[Abdullaxon II]] saroyiga xizmatga qabul qilingan va xonning shaxsiy S voqeanavisi (tarixchisi) qilib tayinlangan (1570 -yildan). U umrining 1 oxirigacha shu lavozimda xizmat oʻqilgan. H.T.B. oʻz davrining yetuk shoiri 1 boʻlib, u "Mavlono Naxliy" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. 1560 -yilda u [[Iskandarxon]] taxtga oʻtirganida unga qasida bagʻishlagan. Uning sheʼrlari koʻplab tazkiralar va bayozlarda uchraydi.
 
H.T.B. oʻzining shoh kitobi — "Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy") asari bilan tanilgan. Asar shayboniylardan Abdullaxon II ga bagʻishlangan boʻlib, 1584—88 yillarda Buxoroda fors tilida yozilgan. Muallifning rejasiga koʻra, asar muqaddima, 2 qism (maqola) va xotimadan iborat boʻlishi moʻljallangan. Biroq asarni yozish jarayonida reja oʻzgargan. 1-va 2-maqolalar qoʻshib yozilgan, xotima esa muallifning vafoti tufayli yozilmay qolgan. Mutribiyning guvohlik berishicha, "Abdullanoma" asarining oxirgi qismini Abdullaxon II ning topshirigʻi bilan qozi Poyanda Zominiy (1602 -yilv.e.) yozgan.
 
"Abdullanoma" asari sharqshunos olim Sodiq Mirzayev tomonidan oʻzbek tiliga toʻliq tarjima qilingan. Bu asar B.Ahmedov soʻz boshisi va izohlari bilan birgalikda 2 marta nashr etilgan. Asarning rus tilidagi tarjimasi M. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilib, uning faqat I—II qismlari faksimilesi bilan chiqarilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanadi (inv. №2207, 3781). Sankt-Peterburgda asarning uchta qoʻlyozmasi mavjud.
Qator 17:
 
[[Turkum:Tarixchilar]]
 
 
{{stub}}