Amir Shohmurod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali
Qator 65:
Doniyolbiy otaliq 27 yil hukmronlik qiladi. U 1785-yil iyun oyida 75 yoshida vafot etadi. Undan Shohmurod, [[Mahmudbiy (Mangʻit)|Mahmudbiy]], [[Umarbiy]], [[Fozilbiy]], [[Sultonmurod qushbegi]], [[Rustam miroxoʻr]], [[Ganji-ali]], [[Muhammad Yusufbek]], [[Muhammad Yaʼqub Buxoriy]], [[Toʻxtamish qushbegi]], [[Darveshbiy]], [[Rajab Alibek]], [[Oʻljabek]] ismli 12 nafar farzand qoladi{{sfn|Jumanazar|2017|p=256—264}}.
 
Uning vasiyati hamda saroy ayonlarining xohish-istagi bilan Shohmurod rasmiy ravishda Buxoro xonligi taxtida oʻtirgan soxta [[Buxoro xonligi xoni|xon]] — [[Abulgʻozixon]]ni hokimiyatdan chetlatib, unga umrbod nafaqa tayinlaydi va oʻzi [[Buxoro amirligi amiri|amir]] ([[amir al-moʻminin]]{{sfn|Бартольд|1963|p=279—282}}) unvonini qabul qilib, 1785-yil 10-iyunda Buxoro davlati hukmdori boʻladi{{sfn|Buxoro tarixi|1991|p=87}}. Shohmurod amir unvonini taʼsis etar ekan, ushbu unvonning oʻzbek urugʻlari anʼanalari bilan emas, balki shariat qoidalari asosida yuzaga kelganini asoslab beradi{{sfn|Shodiyev|2010|p=16}}. Shu sababdan ham Buxoro davlati tarixiy manbalarda shu paytdan boshlab [[Buxoro amirligi]] deb atala boshlaydi. Mangʻitlar sulolasining ushbu vakili Buxoroda 1785-yilda xalq qoʻzgʻoloni boʻlganidan soʻng davlat hukmronligi teppasigatepasiga chiqqan edi{{sfn|Buxoro tarixi|1991|p=87}}{{sfn|Buxoro — Sharq durdonasi|1997|p=192}}.
 
Amir Shohmurod hukmronligi davri Buxoro davlati tarixi taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Davlat tizimi va ijtimoiy hayotda sharʼiy qonunlar mustahkamlanib, mamlakatda tartib-intizom qaror topadi{{sfn|Jumanazar|2017|p=256—264}}. Uning davlat arbobi boʻlib shakllanishida soʻfiylik oqimining taʼsiri juda kuchli boʻlgan. Koʻpgina tarixiy manbalarda uning soʻfiy va darveshsifat boʻlgani qayd etiladi{{sfn|Toʻrayev|2020|p=184—185}}. U davlat tepasiga kelsa-da, oʻzining shaxsiy turmush tarzini deyarli oʻzgarmagan. Tariqat yoʻlida sobit turib, faqirona umr kechirishda davom etagan. U bir yilda bitta oddiy koʻylak, bitta olacha chopon va bitta ishton kiygan. Boshiga boʻz salla oʻragan. Oyogʻiga echki terisidan tikilgan saxtiyon maxsi va kavushkovush kiygan. Egnidagi qoʻy terisidan tikilgan poʻstinning narxi 10 tanga atrofida edi. Ushbu narxni qiyoslaganda, oʻsha davrda [[Abdullaxon madrasasi]] talabalari oyiga 15 tanga stipendiya olgan{{sfn|Jumanazar|2017|p=256—264}}. U shu poʻstinni hukmronlik yillarining avvalidan to umrining oxirigacha kiygan{{sfn|Yoʻldoshev|1993|p=110—114}}{{sfn|Buxoriy|2012|p=274—276}}.
 
Uning odatiy ovqati arpa non, [[atala]], [[moshova]] (moshdan pishirilgan oʻmoch) va yovvoyi [[shoʻrva]] edi. Har haftada chorayak goʻsht istemoʻmolisteʼmol etardi. Hargiz toʻylarga bormas, hech kimning hadya va sovgʻalarini qabul qilmas edi. Pichoq qini yasab tirikchilik qilardi. Har kuni xazinadan emas, [[Buxoro yahudiylari]]dan olingan [[jizya]] (juzya) soligʻidan bir tanga olib oilasi zaruratiga ishlatgan{{sfn|Yoʻldoshev|1993|p=110—114}}{{sfn|Buxoriy|2012|p=274—276}}{{sfn|Jumanazar|2017|p=256—264}}.
 
Amir Shohmurod Oʻljabekdan tashqari barcha oʻnta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan. U faol ichki va tashqi siyosat olib borgan{{sfn|Rajabov}}.
 
=== Ichki siyosati ===
Doniyolbiy otaliq hukmronligining soʻnggi davrlarida xalq har xil oliq-soliqlardan qashshoqlashib, holdan toygandi. Shohmurod taxtga chiqiboq amalga oshirgan eʼtiborga loyiq eng xayrli tadbirlaridan biri [[xatti tarxoniy]]ni eʼlon qilib, otasi joriy qilgan oliq-soliqlarni ([[yorgʻu]], [[boj]], [[Tarx (soliq)|tarx]], [[tushmol]], [[yasoq]]larni{{sfn|Shodiyev|2010|p=16}}) bekor qildirgani boʻldi{{sfn|Бартольд|1963|p=279—282}}{{sfn|Yoʻldoshev|1993|p=110—114}}. Bu farmonga koʻra, aholi tinkani quritadigan turli soliqlardan ozod etildi. Buxoro shahridagi beva bechoralarga „Noni Rotifa“ —oila— oila aʼzolarining har biriga davlat xazinasi hisobidan berilgan bir kunlikka yetadigan non va boshqa oziq ovqatlarni joriy qildi<ref name=Arxiv>{{Web manbasi|url=https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/tilshunoslik/amir-shohmurod-masumhon-1785-1800|title=Amir Shohmurod — Maʼsumxon (1785—1800)|website=Arxiv.uz|accessdate=2021-11-27|deadlink=no}}</ref>. Bu ishlarning natijasi oʻlaroq, asta-sekin ishlab chiqarish iziga tushib, savdo-sotiq rivojlandi{{sfn|Jumanazar|2017|p=256—264}}.
 
Amir Shohmurodning tashabbusi bilan 4 ta islohot: moliya, sud, maʼmuriy va harbiy sohalarda ham katta islohotlarni amalga oshirganoshirilgan{{sfn|Buxoro tarixi|1991|p=87}}. U 1785-yilda davlatda pul islohoti oʻtkazib{{sfn|Buxoro — Sharq durdonasi|1997|p=192}}, sof kumushdan va oltindan tanga zarb qildirgan. U davlat zarbxonalarida aholining oʻz shaxsiy jamgʻarmalaridan olib kelgan kumush va oltindan bir xil oʻlchamdagi kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat bergan<ref name=Shosh>{{Web manbasi|url=https://shosh.uz/buhoro-amirligi-avvali-va-ohiri/|title=Buxoro amirligi (avvali va oxiri)|website=Shosh.uz|accessdate=2021-11-27|deadlink=no}}</ref>. Soliq tizimi, qozixonalar va qoʻshin faoliyati ham shariat asosida qayta tashkil qilingan. [[Muhtasib]] ([[rais]]) mansabi va qoʻshinda [[qoziaskar]] lavozimini joriy etgan{{sfn|Rajabov}}. Ushbu islohotlar koʻp oʻtmay oʻz ijobiy natijasini berib, mamalakatmamlakat iqtisodiyotining oʻnglanishiga xizmat qilaganqilgan{{sfn|Toʻrayev|2020|p=184—185}}.
 
Amir Shohmurod tomonidan oʻtkazilgan [[sud]] islohotlari oʻz navbatida, mamlakatda sud ishlarini yuritishda nohaqliklarga chek qoʻyilishiga, qozilar tomonidan muayyan darajada odillik, adolat va insonparvarlik ruhida sud jarayonlarini amalga oshirishga imkon yaratib bergan. Ushbu sud islohotlarining yana bir muhim jihati [[qozi]]ning hukmidan norozi boʻlgan tarafning [[qozi-ul-quzzot]]ga yoki amirga shikoyat qilish huquqini qoʻlga kiritganligida koʻrinadi. Oʻz navbatida, qozikalonga yoki amir nomiga yozilgan shikoyatnoma oʻrganib chiqilib, qozining hukmini asosli ravishda qozi-ul-quzzot bekor qilishi hamda uning qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin boʻlgan. Amir Shohmurod sudlovni tashkil etish, xususan, quyi sud qozilarining tayinlanishi borasida ham muayyan oʻzgarishlarni amalga oshirgan. Binobarin, amir Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq aʼlamdan (qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi tuzilgan. Ushbu palatada qozilarning hukmidan norozi boʻlib yozilgan arz va shikoyatnomalar shariat normalari bilan birga, amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar toʻplami asosida koʻrib chiqilgan. Sud palatasida arz yoki shikoyatnoma koʻrilayotganda daʼvogarning shaxsan oʻzi ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan. Amir Shohmurod davlat va huquq islohotchisi, islom huquqi normalarining gʻoyaviy va amaliy kurashchisi hamda davlat boshligʻi sifatida qirq aʼlam sudi ishlarida ishtirok etganda taraflarning oʻzaro kelishuvi, jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning oʻzaro yarashuvining tarafdori boʻlgan. U amirlik xazinasidan jabrlanuvchining foydasiga yetkazilgan zararning yarmini qoplash uchun ayblanuvchining kelajakda ijtimoiy tarbiyalanishi, oilasi, farzandlari qarovsiz qolib ketmasliginingketishining oldini olish maqsadida foizsiz mablagʻ ajratish amaliyotini qoʻllagan{{sfn|Shodiyev|2010|p=16—21}}.
 
Amir Shohmurod ichki siyosatda avvalo sharʼiy qonunlar asosida davlatni adolat bilan boshqarishga intilgan{{sfn|Rajabov}}. U shariat normalariga mutlaqo zid boʻlgan va uning talablariga javob bermaydigan barcha normalarning amal qilishini bekor qilgan. Harbiy sohadagi boshqaruv faoliyatini ulamolarning fatvosi asosida olib borgan hamda aynan uning davrida huquq manbasi boʻlmish sunnaga sezilarli darajada amal qilingan{{sfn|Shodiyev|2010|p=16—21}}.
Qator 89:
[[Marv]] atrofida 1785—1786-yillarda boʻlgan janglarda shahar hokimi, ilgari [[Doniyol otaliq]] oʻz oʻgʻlidek koʻrgan{{sfn|Бартольд|1963|p=279—282}} — [[Bayramalixon]] oʻldirilgan va uning qoʻshini tor-mor qilingan. Amir Shohmurod Marvga qilgan keyingi yurishida [[Murgʻob]] daryosida qurilgan [[Bandi Sulton]] toʻgʻonini buzdirgan va toʻgʻon atrofidagi qalʼani egallab, vohani muhim hayot manbai — suvdan mahrum qilgan{{sfn|Бартольд|1965|p=154—155}}. Marvning yangi hokimi va Bayramalixonning katta oʻgʻli [[Hoji Muhammad Husaynxon]] taslim boʻlgan va Marv yana avvalgidek Buxoro davlati tasarrufiga kiritilgan. Marvdan katta miqdordagi aholi, 20—30 ming kishi, Hoji Muhammad Husaynxon boshchiligida Buxoro shahri va uning atroflariga koʻchirilgan{{sfn|Rajabov}}.
 
Amir Shohmurod oʻz ukasi — [[Umarbiy]]ni Marvga hokim qilib qoldirgan. Marv atrofida yangi shahar qurib, uni Islomobod deb atagan. Keyinchalik, 1796-yilda Amir Shohmurod Bandi Sulton toʻgʻonini tiklab, Marv viloyatini suv bilan taʼminlaydi. Ammo shahar avvalgi gullab-yashnashganyashnagan holatiga qaytmay qolib ketadi{{sfn|Бартольд|1965|p=154—155}}. Bu paytda Amir Shohmurod oʻgʻli [[Dinnosirbek]]ni hokim qilib tayinlagan{{sfn|Rajabov}}.
 
=== Balx uchun kurash ===
Ilgarilari [[Buxoro xonligi]]ga boʻysungan [[Balx xonligi|Balx]] hududi aholisi [[Durroniylar]] afgʻon sulolasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, 1788-yili Amir Shohmuroddan harbiy yordam soʻrashgan. 1789—1792-yillarda oʻzbek va afgʻon qoʻshinlari oʻrtasida [[Kalif]] va [[Aqcha (Afgʻoniston)|Aqcha]] viloyatlarida janglardajanglar boʻlib oʻtgan. Bu urushlardan soʻng Amir Shohmurod va [[Temurshoh Durroniy]] oʻrtasida tuzilgan sulhning shartlariga koʻra, [[Amudaryo]] har ikkala davlat oʻrtasidagi chegara deb belgilangan<ref name=Shosh/>. Boshqa versiyaga koʻra, Har ikki oʻrtada sulh tuzilib, [[Balxash (shahar)|Balx]], [[Maymana]] va [[Andxuy]] Buxoroga qaytarilgan; Amir Shohmurod 1788-yil Buxoro amirligi tarkibiga [[Chor viloyat]] (Chahor viloyat) yerlarini qaytargan{{sfn|Rajabov}}.
 
=== Tashqi siyosati ===
Qator 103:
[[Muhammad Doniyolbiy otaliq]]ning hukmronligi davrida [[Rossiya imperiyasi]]da oʻz vazifasini toʻliq uddalagan [[Ernazar elchi]], 1780-yilda [[Usmonlilar imperiyasi]]ga, [[Abdulhamid I]] (1773—1789) huzuriga ham elchilik maqsadida borgan{{sfn|Васильев|2014|p=107—111}}.
 
1783-yilda [[Qrim]] rasman [[Rossiya imperiyasi]]ga qoʻshilgan. Bu voqea 1787—1792-yillardagi [[Rossiya-Turkiya urushi (1787—1792)|Rossiya-Turkiya urushining]] muqaddimasi boʻlib xizmat qiladi. Bu davrda Ernazar elchidan rus—buxoro munosabatlarining hozirgi ahvoli toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarni hisobga olib, Usmonlilar imperiyasi [[Buxoro xonligi]] hukmdorini ham Rossiyaga qarshi chiqishga koʻndirishga qaror qiladi. Usmonlilar elchisi [[Alemdar Mehmed Said ogʻa]] 1785-yilda [[Buxoro]]ga boradi. Ammo u yerga kelishi bilan Amir Shohmurod (1785—1800) [[Abulgʻozixon]]ni hokimiyatdan chetlatib, hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan edi. Usmonlilar elchisi unga sultondan xabarni yetkaribyetkazib, turklar rus qoʻshinlari tomonidan hujumga uchraganini va jangovar harakatlar boshlanganini aytadi. Usmonlilar sultoni Buxoro hukmdoridan Rossiyaga qarshi turishni talab qiladi. Usmonlilar rejasiga koʻra, buxoroliklar [[Dashti qipchoq]]da yashovchi „[[qozoq]] va [[qirgʻizlar]]“ oʻrtasida gʻazot gʻoyalarini targʻib qilishni tashkil etishlari kerak edi. Qolaversa, sulton buxoriylardanbuxoriylar orqali Rossiyada boʻlayotgan barcha voqealardan xabardor boʻlishiniboʻlishni xohlardi. Buxoro ulamolari ham Usmonli hukumatining rejasiga koʻra, koʻchmanchi aholi orasida kofirlarga qarshi diniy kurash va Usmonlilar imperiyasi bilan ittifoq tuzish gʻoyasini targʻib qilishi kerak edi. Usmonlilar [[Markaziy Osiyo]]dagi vaziyatdan bexabar edilar va Ernazar elchining [[Sankt-Peterburg]] va [[Konstantinopol]]ga qilgan missiyasi asosan tijorat xarakterini hisobga olgan holda, aynan Usmonlilar Buxoro amirligi hukmdorini harbiy ittifoqqa tortishga harakat qilishgan edi{{sfn|Васильев|2014|p=107—111}}.
 
Amir Shohmurod elchiga, yetarlicha qoʻshini boʻlishiga qaramay, Rossiya bilan urush olib bora olmasligini, buning uchun qurol-yarogʻi yetarli emasligini aytadi va sultondan qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar hamda oʻgʻlini xon unvonida tan olishni soʻraydi. Bu holatda u jangovar harakatlar boshlashga va Rossiya bilan chegarada bir nechta istehkomlar qurishga vaʼda beradi. Ammo Amir Shohmurod Rossiya uning asosiy dushmani emasligini, Rossiya shaharlari bilan savdo aloqalari borligini aytadi. U Buxoro amirligi uchun asosiy xavf Eron ekanligi takidlaydi. U elchiga Eronga birgalikda hujum uyushtirishni taklif qiladi, lekin uning taklifi Usmonlilar imperiyasi va Eron oʻrtasidagi tinchlik shartnomalari oʻrnatilganligi sababli rad etiladi{{sfn|Васильев|2014|p=107—111}}.