Muhitdin Qoriyoqubov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 13:
Fargʻona oʻlka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rejissyor (1918— 20) va rahbar (1921) boʻlib, Fargʻona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat qilgan. Toshkentda K.Shorshteyn teatr-studiyasi (1919), Moskvada teatr sanʼati instituti (1922—24)da tahsil koʻrgan. Tamaraxonim bilan "Sharq kechalari" (Moskva), Jahon amaliy sanʼat koʻrgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin konsert sahnalarida oʻzbek qoʻshiq, yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy oʻzbek synʼatini ilk bor Yevropada targʻib etgan.
 
1926 -yil, Samarqandda Oʻzbek davlat sayyor konsert etnografik truppasini tashkil qilgan, u bilan Rossiya, tatariston, [[Gruziya]] va boshqa joylarda gastrolda boʻlgan. Qoriyoqubov Qoʻqon va Andijon musiqali teatrlari shakllanishida ham faol ishtirok etgan. 1927—28 yillarda bu teatrlarda badiiy rahbar, rejissyor (M. Miroqilov bilan) sifatida qatnashib, teatr jamoalarini qayta tuzgan, oʻzi spektakllarda bosh rollarni oʻynagan: Neʼmat ("Halima", Gʻ.Zafariy), Farhod ("Farhod va Shirin"; Xurshid pyesasi, Sh.Shoumarov, Toʻychi hofiz va Yu.Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek ("Arshin mol olon", U. Hojibekov) va boshqa Konsertetnografyk truppasi zaminida Oʻzbek davlat musiqali teatrinn tashkil qylgan, uning aktyori, direktori va badiiy rahbari boʻlgan (1929—33).
 
Oʻzbek opera sanʼatining shakllanishi va rivoj topishida ham Qoriyoqubovning xizmatlari salmoqli. Moskva oʻzbek opera studiyasinit tashkilotchisi va rahbari boʻlgan, oʻzi ham shu studiyada taʼlim olgan (1934—36). Oʻzbek davlat opera va balet teatri ochilgach, uning yetakchi yakkaxon xonandasi (1939—47). Milliy operalarda Xusrav ("Farhod va Shirin", V. Uspenskiy va G. Mushel), general-gubernator ("Boʻron", S.Vasilenko, M.Ashrafiy), Novfal ("Layli va Majnun", T.Sodiqov, R.Glier), Ulugʻbek ("Ulugʻbek", A.Kozlovskiy), Mahmud Torobiy ("Mahmud Torobiy", O.Chishko), Er Targʻin ("Er Targʻin", Ye.Brusilovskiy) va boshqa bosh partiyalarni mahorat bilan talqin qilgan, oʻzbek opera ijrochilik sanʼati shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.